Navoiy (oʻrik navi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
"NAVOIY", Navoiy yubileyi — yuqori sifatli meva beradigan serhosil oʻrik navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Arzami, Gulungi navlarini chatishtirib yaratilgan (K. V. Vasilyev va L. A. Protasevich). Daraxti kuchli oʻsadi. Shox-shabbalarining qalinligi oʻrtacha, tupiga yaxshi shakl berish mumkin, balandligi 7,5–9 m gacha, kengligi 7 m gacha boradi. Qisman oʻzidan va chetdan changlanadi. Mevasi iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. Mevasi yirik, dumaloq, tillarangsariq va qizgʻish. Poʻsti silliq, qalin. Eti och sariq, qattiq.Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, 15—17 yoshida tupidan 200 kg gacha meva olinadi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konserva qilinadi va qoqi solinadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli.Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |