Navoiy konchilik instituti
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – Kon-metallurgiya sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan davlat oliy oʻquv yurti. Navoiy shahrida joylashgan. 1995-yilda „Qizilqum nodir metall oltin“ davlat konserni qoshida institut sifatida tashkil etilgan. Institut tarkibida konchilik, kimyo-metallurgiya, energomexanika va Olmaliq kon-metallurgiya (Olmaliq shahrida) fakultetlari va 21 kafedra mavjud boʻlib, 10 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar (2 kasbiy taʼlim; menejment; elektroenergetika; metallurgiya; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish; kimyoviy texnologiya; konchilik ishi; avtomatlashtirish va boshqaruv; kon elektromexanikasi; texnalogik mashinalar va jihozlar) va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar (rangli va nodir metallar metallurgiyasi; foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish; foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish; foydali qazilmalarni boyitish; kasb-hunar fanlarini oʻqitish metodikasi) tayyorlanadi. Institut qoshida internat litseyi faoliyat koʻrsatadi. 2002—2003-oʻquv yili institutda 2,5 mingga yaqin talaba oʻqidi; 7 fan doktori va professor, 44 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut olimlari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan oʻquv jarayonini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar ishlarini hamkorlikda olib borish boʻyicha aloqalar oʻrnatgan[1][2].
Xalqaro nomi |
Navoi State University of Mining and Technologies |
---|---|
Ilgarigi nomi |
Navoiy davlat konchilik instituti |
Asos solingan sanasi | 1995-yil |
Rektori | Baxtiyor Mardonov |
Manzili |
Gʻalaba shoh koʻchasi, 76-uy , , , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | www.nsumt.uz |
2022-yil 31-martdagi PQ-186-sonli Prezident qarori bilan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti sifatida qayta tashkil etilgan[3].
Universitet huzurida quyidagilar tashkil etilgan[3]:
- Nukus konchilik instituti
- „Navoiy“ ilmiy-texnologiya sanoat parki
- Gʻozgʻon politexnika texnikumi
- Uchquduq sanoat texnikumi
- Zarafshon sanoat texnikumi
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Navoiy konchilik instituti“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 3,0 3,1 „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-186-sonli qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2022-yil 31-mart). Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |