Navoiy davlat pedagogika instituti

Navoiy davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Toshkent pedagogika institutining Navoiy filiali (1983-yil asos solingan) negizida Navoiy shahrida tashkil etilgan. Institutda 7 fakultet (fizikamat., boshlangʻich taʼlim metodikasi va musiqa, tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, oʻzbek filol.si, tarix, xorijiy tillar), 25 kafedra, 10 dan ortiq oʻquv va ilmiy laboratoriya bor. Kutubxonasida 100 mingdan ortiq asar saqlanadi (2003). Institut qoshida ixtisoslashgan akademik litsey mavjud. Institutda 16 taʼlim yoʻnalishi (boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mat.-informatika, oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, qozoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti, geogr. va iqtisodiy bilim asoslari, biol., kimyo va ekologiya, fizika-astronomiya, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, maktabgacha taʼlim va bolalar sporti, musiqiy taʼlim, tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi) boʻyicha bakalavrlar, informatika, oʻzbek tili, tarix mutaxassisliklari boʻyicha magistrlar, ijtimoiy falsafa ixtisosligi boʻyicha aspiranturada ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanadi. 2002/2003 oʻquv yili institutda 5200 talaba taʼlim oldi; 355 oʻqituvchi, jumladan, 18 fan doktori va professor, 60 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut faoliyati R. Rahmonov, U. T. Turniyozov, T.G.Gulboyev, P. Musayev, G. T. Temirov, O. Fayziyev, M. Oltinov, B. F. Izbosarov, K. S. Xoliqov, Sh. J. Muhammadiyev, A. Zayniddinova, R. A. Roʻziyev, M. Farmonova kabi professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. 2003-yilgacha institutda 9,5 mingga yaqin mutaxassis tayyorlandi. 1985-yildan "Layli" ashula va rake ansambli faoliyat koʻrsatib kelmoqda.[1]

Navoiy davlat pedagogika instituti
Manzili Navoiy shahri, Ibn Sino 45
Vebsayti  nspi.uz

Koordinatalari: 40°5′7.0913407855528″N 65°23′1.6288511008452″E / 40.085303150218209112°N 65.383785791972456991°E / 40.085303150218209112; 65.383785791972456991 G O

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil