Navoiy maqbarasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Navoiy maqbarasi - Hirotdagi (Afgʻoniston) meʼmoriy yodgorlik. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida, Injil arigʻining janubiy qirgʻogʻi yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino. Gavharshodbegim maqbarasiga qiyoslab hirotlik savdogar hoji Gʻulomhaydar Muxtarzoda qurdirgan (1947). Tarhining tashqarisi 10x10 m, ichkarisi 6x6 m. Devor qalinligi 1 m. Anʼanaviy mayda chorsi gʻisht (18x18x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Ichki bezagida ganchkori naqsh va iroqisimon bezak qoʻllangan. Tarzlari ravoqli, tobadonli, janubiy ravoq — ochiq eshik vazifasini oʻtaydi. Gumbaz osti gardishining 4 tomonida darcha bor. Maqbara bezaksiz, xona oʻrtasida kichik daxma qora marmar (182x41—35,6x4 sm) bilan qoplangan, unda nastaʼliq xatida "Hazrat Amir Kabir Nizomiddin Alisher Navoiy Hiraviy. Tavalludi 844, vafoti 906 hijriy, Donishparvar vazir" degan soʻzlar bitilgan. Mazkur qabrtosh Kobuldan keltirib oʻrnatilgan (1967). Navoiy maqbarasini va uning atrofidagi masjid, maqbaralarni qayta qurish oʻzbek meʼmorlari tomonidan loyihalashtirilmoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |