Navrabot — Buxoro viloyati, Buxoro tumani hududidagi aholi pukti nomi[1]. Navrabot toponimi ikki qismdan iborat: nav+rabot. Nav — "avval mavjud boʻmagan narsa, „yangi“ hamda rabot soʻzlarining qoʻshilib, yaxlitlanishidan paydo boʻlgan. Toponim tojik tilida, tojik tili soʻz yasalish tizimiga va talabiga mos holda yasalgan. Rabot soʻzi haqida taniqli taniqli toponimist olim S.Qoriyev quyidagi fikrlarni bayon etgan: Rabot soʻziga „Oʻzbek tilining izohli lugʻatida“da quyidagicha izoh berilgan.

  1. Mustahkamlangan qoʻrgʻonlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan maʼlum masofada joylashgan istehkom qoʻrgʻon;
  2. savdo yoʻllaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy;
  3. shahardan chetroqdagi turar joy.

Bu atama haqida mutaxasislar turlicha fikr bildirgan. Jumladan, ademik V. V. Bartoldning maʼlumotlariga qaraganda, musulmon dunyosi kabi Turkistonda ham diniy urush — gʻazovot uchun devor va gʻovlardan tashqari ribotlar (toʻgʻri talaffuzi shunday) yoki rabotlar bunyod ettirganlar. Akademik fikriga koʻra, buni Turkistondagi rabod soʻzi bilan adashtirmaslik kerak. Rabot soʻzining maʼnosi „ot bogʻlaydigan joy“ demak, Rabot muqaddas, yaʼni diniy urush uchun kurashadigan gʻoziylar uchun moʻljallab bunyod etilgan. Ribotlar (rabotlar) otliq askarlar dastlari uchun kazarma rolini bajargan. Bundan tashqari, Oʻrta Osiyoda rabot yoki rabaz atamasi ham boʻlgan, Tarixchi A. A. Semyonov maʼlumotlariga koʻra, shaharga tutash mahallalar rabaz deb atalgan. Bu atamalar shahar atrofidagi devor va shaharga tutash qishloq-mahallalar deb tushunilgan. S.Qoriyev rabot (ravot, rabod) soʻzi ishtirokidagi toponimlarning Oʻzbekistonda 200 dan ortishini va ularning aksariyati Zarafshon vodiysida ekanligini qayd etgan. „Navoiy asarlari lugʻatida“ rabot soʻziga „karvon saroy, yoʻlovchilar qoʻnishi uchun qurilgan bino, musofirxona, bekat“ izohi berilgan. Akademik Abdulahad Muhammadjonov rabot soʻziga „rabot yaʼni ravot soʻzini sugʻdchasidir“ deb izoh bergan[2].


Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.