Navtaka, Navtoqa — qad. Sugʻd viloyati. Nomi ehtimol sugʻdchada "yangi toq", "yangi inshoot" yoki "yaqinda qurilgan"ni bildiradi. N. Aleksandr (Iskandar)ning Oʻrta Osiyoga qilgan yurishi (miloddan avvalgi 329—327 yillar) davri haqidagi yozma manbalarda uchraydi. N.dagi qalʼalardan birida Doro III ning qotili Bess asir olingan. Miloddan avvalgi 328 yilda Aleksandrning qoʻshini N.da qishni oʻtkazgan. Ayrim olimlarning fikricha, N. Qarshidan 10 km shim.-gʻarbdagi Yerqoʻrgʻon shahri harobasi oʻrnida boʻlgan. Biroq N.ning hozirgi Qashqadaryo viloyatining sharqiy qismida joylashgan deyishga koʻproq asoslar bor.

Ad:. Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil