Naycha

chakka (soch)ga taqiladigan ayollar taqinchogʻi

Naycha — 1) chakka (soch)ga taqiladigan ayollar taqinchogʻi; bosma usulida gullar bilan bezatilgan yupqa metall yaproqcha oʻrami (nay shakli)dan iborat; oʻrta qismiga feruza koʻzli yirik dumaloq munchoq oʻrnatilgan, N.ning 2 cheti feruza koʻzlar qatori bilan hoshiyalangan; atrofi va oʻrtasidan shokila (marjon, yaproqcha, baʼzan tanga)lar osilgan. N.dan chakkadagi soch tolalarini qistirib qoʻyish uchun foydalaniladi; 2) zargarlikda soch-popukka. taqiladigan kumushdan yasalgan naysimon boʻlak; N. yuzasi bosma islimiy naqshlar bilan bezatilgan, yuqori qismi qubbali, qubba atrofi emal yoki feruza koʻzlar bilan oʻralgan; quyi qismi kengayib borib 4 ta boʻlak (parrak)ga ajraladi. N. orasidan oʻrilgan (eshilgan) qora iplar (soch) tutami oʻtkaziladi; 3) chakka va boshga taqiladigan taqinchoqlarning pat, ukpar oʻrnatish uchun kilingan qismlari ham N. deb ataladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil