Nayza

1) sanchish yoki irgʻitish uchun moʻljallangan ov va jang quroli. Paleolit davrida paydo boʻlgan. Ilk Nayza 1,5 dan 5 m gacha uzunlikdagi yogochdan uchi oʻtkir qilib yasalgan. Dastlab Nayza uchiga oʻtkir tosh, keyinchalik suyak sanchqi mahkamlangan. Jez davrida Nayza sanchqisi metalldan yasalgan. Qoʻllanilishiga qarab Nayzaning uzunligi turlicha boʻlgan: irgʻitiladigan Nayzalar kalta, piyoda askarlar Nayzasi oʻrtacha, otliq askarlar Nayzasi uzun boʻlgan. 19-asrda miltiq uchiga sanchqisimon (uchlik) va pichoqsimon (taktik) Nayzalar oʻrnatilgan. Nayza jaxrn xalqlarining deyarli hammasida keng tarqalgan;

2) yengil atletikada qoʻllaniladigan asbob.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil