Nazarbek koʻchasi (Toshkent)
Nazarbek koʻchasi — Uchtepa tumanining „Beshqayragʻoch“, „Latifguzar“ va „Hayratiy“ mahallalari hududida. Mannon Uygʻur va Jurjoniy koʻchalari oraligʻida joylashgan. 1966-yil Toshkent zilzilasidan soʻng yangi uyjoylar qurilishi munosabati bilan paydo boʻlgan. 1966-yil 27-dekabrda shu nomdagi joyga olib boradigan koʻcha sifatida Nazarbek nomi berilgan. Tarkibida 3 ta tor koʻcha bor. Uzunligi 1,2 km atrofida[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Uzunligi | 1.2 km |
Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, masjid, choyxona, savdo shoxobchalari, 129-maktab, stadion, servis xizmat koʻrsatish maskanlari, avtobus bekatlari bor. Hayratiy, Tavallo, Faqiriy, Gʻayrat va Sharaf koʻchalari bilan kesishgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakati yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqillik yillarida koʻchada qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan. Yaqinida Beshqayragʻoch va Birlik dahasi, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Quyi Boʻzsuv kanali, sport majmuasi, oilaviy poliklinika, „Xaskovo“ savdo majmuasi va mahalla guzari joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.