Nazir Najmetdinovich Sabirov (tugʻ. 25-may 1973-yil, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek hisobchisi va siyosatchisi. III va IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Nazir Sabirov
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-may 1973-yil (1973-05-25) (50 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi
Maʼlumoti Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti, Toshkent moliya instituti

Hayoti tahrir

Nazir Sabirov 25-may 1973-yil Samarqand shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini, 2010-yilda esa Toshkent moliya institutini buxgalter-mutaxassis mutaxassisligi boʻyicha ikkinchi oliy maʼlumotni tamomlagan[1].

Mehnat faoliyatini 1991-yilda Buxoro viloyatidagi „Varaxshoyultamirqurilish“ korxonasida ishchi sifatida boshlagan. 1991—1992-yillarda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutida elektromontyor-magistr lavozimida ishlagan. 1998—2007-yillarda Buxoro viloyati hokimligida boshqarma boshligʻi, boshliq vazifasini bajaruvchi, moliya boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2007—2008-yillarda Buxoro viloyati Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi, 2008—2013-yillarda Buxoro viloyati hokimligi axborot-tahliliy guruhini, 2013—2014-yillarda Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi departamenti[2].

2015-yilda Buxoro viloyati 28-Paykent saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Qurilish, sanoat va savdo qoʻmitasi aʼzosi. 2020-yilda yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi[1]. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi[3].

Manbalar tahrir