Nazira as-Salom (Nazira Salomova) — 1956-yili Samarqand viloyatida tugʻilgan. Lekin uning bolaligi Toshkentda oʻtgan. Poytaxtdagi 105-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan. Soʻng ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning Jurnalistika fakultetida tahsil oldi[1]. U oʻsha kezlari universitetda oʻqish bilan birga, „Oʻqituvchi“ nashriyotida oʻz mehnat faoliyatini olib borgan. Dastlab musahhih, soʻng til va adabiyot boʻlimida muharrir, keyinchalik „Til va adabiyot“ jurnalida, soʻng Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim vazifalarida mehnat qildi. 2003-yildan buyon „Muhammad Yusuf“ nomidagi fond rahbari hamda jamgʻarma muassisligida chop etilayotgan „Oltin qalam“ gazetasi bosh muharriri boʻlib ishlab kelmoqda.

Manbalar tahrir

  1. Salomova, Nazira. „«Ko`z yoshingni hech qachon hech kimga ko`rsatma»“. Darakchi (26-aprel).