Nazrul Islom
Kazi Nazrul Islom (1899-1976) — bengal shoiri. Ilk sheʼrlarini Hofiz asarlari taʼsirida yozgan. „Isyonkor“ dostoni (1922), „Olovli ud“ (1922), „Zaharli nay“ (1924), „Falokat nagʻmalari“ (1924), „Bulbul“ (1928) sheʼriy toʻplamlari, „Kambagʻalning iztiroblari“ hikoyalar toʻplami (1924) va „Tuman“ romani (1924) mavjud. Ularda insonparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. 30-yillarning boshlarida kasalligi tufayli adabiy faoliyati toʻxtab qolgan. Uning „Inson“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1981). Erkin Vohidov Nazrul Islom hayoti va ijodiga bagʻishlab „Ruhlar isyoni“ dostonini yozgan (1978-1979).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |