Adolat Neʼmatova (1949.6.3, Olti-ariq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1970). 1971-yildan Oltiariq tumani, Shahrixon, Toshkent sh. maktablarida oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili oʻqituvchisi. 1984-yildan Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 223-maktabning boshlangich sinf oʻqituvchisi. Ish faoliyati davomida oʻzini mohir pedogog sifatida namoyon etdi. 1994/95 oʻquv yilida 1 yilda ikki sinf dasturini (1—2sinflar) oʻqitish ta-shabbusi bilan chiqib, uni oʻzi amalga oshirdi. Birinchilardan boʻlib "Odob-noma" sinov-tajriba darenii olib bordi. 1—4sinflar uchun "Odob sabok,lari" dare rejasi va dasturi, "Odobnoma" dareligi va metodik qoʻllanmasi mualliflaridan biri.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil