Nearx (Neapxos) (? — miloddan avvalgi taxminan 312) — Aleksandrnmng flot sarkardasi. 334 yildan Likiya va Pamfiliya hokimi. 325 yil N. boshchiligidagi yunon floti ilk marotaba Hindistondan Mesopotamiyaga suzib oʻtgan. Uning sayohati bayonida Hindiston, Fors qoʻlti-gʻining tabiati va aholisi haqida maʼlumotlar bor boʻlib, ulardan Arrian va Strabon keng foydalanganlar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil