Nefelinli siyenit - magmatik ishqorli toʻliq kristalli togʻ jinsi; ishqorli dala shpati (65—70%), nefelin (taxminan 20%), biotit va ishqorli amfibollar va piroksenlar, shuningdek, rangli metallar va kamyob-yer ele-mentlaridan iborat.

Nefelinli siyenitning bir nechta xili mavjud: x i -binit — pegmatoid strukturali yashilroq-kulrang yirik donador; miyaskit — slanetssimon biotitli; mariupolit — albitga boy; luyavrit — yashilroqqora, traxitoidli teksturasi aniq ifodalangan; saybarit — melanokratli va boshqa Konlari Oʻrta Osiyo, Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim orol, Sibir), Ukraina (Mariupol), Norvegiya (Oslo), Janubiy Grenlandiya, Kanada, Janubiy Afrika, Madagaskar o. va boshqa joylarda bor. Nefelinli siyenit alyuminiy olish uchun ruda, oynasozlik xom ashyosi. Nefelinli siyenit bilan apatit, grafit, kriolit konlari, kamyob-yer elementlari va boshqa bogʻliq.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil