Nefrologiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nefrologiya (yun. nephros — buyrak va logos —fan) — tibbiyotning bir boʻlimi; buyrakning tuzilishi va faoliyati, kasalliklari: buyrakning tugʻma kasalliklari (buyrak gipoplaziyasi, buyrak aplaziyasi va boshqalar), irsiy kasalliklari (tubulopatiyalar, oilaviy irsiy nefrit va hokazo), orttirilgan kasalliklari (glomerulonefrit, piyelonefrit, nefrolitiaz va boshqalar) ning yuzaga kelish sabab va mexanizmlarini, ularning oldini olish va davolash chora-tadbirlarini oʻrganadi.
N. fan sifatida 20-asrning 50—60-yillarida ajralib chiqdi. Uning fan sifatida rivojlanishida buyrak ultra tuzilishini urganishdagi, buyrak faoliyatini eksperimental tekshirishlardagi yutuqlar, eksperimental va klinik immunologiyadagi yangiliklarning ahamiyati katta. N.ga glomerulo-nefritni oʻrgangan ingliz R.Brayt asos solgan (1927).
Oxirgi 30 yil ichida koʻpgina buyrak kasalliklarining tabiati aniqlandi, yangi immuntiklovchi dorilar ishlab chiqarildi, irsiy va tugʻma kasalliklar anikdandi, sunʼiy buyrak va buyrak transplantatsiyasi qoʻllanila boshlandi. N. masalalarini klinitsistlar, morfolog, fiziolog, urolog va boshqa mutaxassislar hamkorlikda oʻrganadi. N. urologiya va transplantatsion xirurgiya bilan chambarchas bogʻlangan.
Hozirgi Oʻzbekistonda barcha tibbiyot intlarida N. fan sifatida oʻqitiladi va shu institutlar tarkibida N. boʻlimlari faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda va boshqa yirik shaharlarda N. markazlari bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |