Nefroskleroz
Nefroskleroz (yunoncha: nephnos — buyrak, sklerosis — zichlashish) — buyrakni biriktiruvchi toʻqima qoplab ketishi natijasida uning qattikdashishi va "burishib" qolishi. Gipertoniya, piyelonefrit, buyrak sili, glomerulonefrit, buyrak-tosh kasalligi (nefrolitiaz) va boshqalarda kuzatiladi. N.da, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (arte-riolalari) shikastlanadi, ular burishib qolib parchalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud boʻladi. Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab doridarmonlar buyuriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |