Neft kimyosi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neft kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz komponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida (taxminan 1880-yil) boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.tonna neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt (1920, AQSH)Neft kimyosining sanoat miqiyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini (asosan, uglevodorodlar, turli yonilgʻilar, surkov moylari, monomerlar, erituvchilar, sirt faol moddalar va boshqa olishda qoʻllaniladigan katta miqdordagi organik mahsulotlar) qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat. Shu maqsadda Neft kimyosi neft uglevodlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari, uglevodorodlar aralashmalari va neft tarkibidagi geteroatom birikmalarning oʻzgarishini tekshiradi. Neft kimyosi muammolarni yechishda organik va fizik kimyo, matematika, issiqlik texnikasi, kibernetika va boshqa fanlarning usullari hamda yutuqlaridan kompleks foydalanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |