Neft suvlari, neft konlaridagi suvlar — neftli gori-zontlardagi yer osti suvlari; neft va unda erigan gaz bilan bevosita aloqada boʻladi. Neft qatlamlarida va neft uyumlariga nisbatan joylashishiga qarab quyidagi Neft suvlari farq qilinadi: chekka (konturli) suvlar — neft uyumidan quyida joylashgan; ostki (toʻshak) suvlar— qal-qib turgan neft uyumining tagida joylashgan; ustki suvlar— neftli katlamining ustida joylashgan; bogʻlangan suvlar — gʻovaklar yuzasini oʻrab oluvchi neft katlamida mayda kapillyar naychalarni toʻldiruvchi suv; sunʼiy kiritilgan suv — neft uyumlarini chiqarib olishda bosimni zarur darajada saqlab turish uchun kiritiladi. Neft suvlarining geokimyoviy tarkibi mahsuldor gorizont va uyum tarkibining litologik xususiyatlari bilan bogʻliq. Neft uyumlarining chekka Neft suvlarida organik kislotalar, benzol, fenol, ogʻir karbonsuvlarning kon-sentratsiyasi yuqori boʻladi. Gaz uyumlaridagi suvlarda, odatda, organik qoʻshimchalar kam. Koʻpincha Neft suvlarining tarkibi katta maydonlarda deyarli oʻzgarmaydi. Neft uyumlari bilan bevosita tutashgan suvlar (chekka va ostki)ning minerallashuvi (200 g/l gacha va undan ziyod), gazga toʻyinganligi, metan va benzol, ammoniyning miqdori oʻziga xos xususiyatlarga ega. Gidrokarbonatnatriyli Neft suvlari esa kam (10 g/l gacha) minerallashgan. Neft suvlarini oʻrganish neftni qidirish, razvedka qilish va kondan chikarib olishda ahamiyati katta.

Koʻpincha Neft suvlari shifobaxsh mineral suv sifatida yoki undan yod, brom, bor, radiy, bariy, stronsiy va boshqa olishda foydalaniladi. Neft bilan birga chiqa-digan Neft suvlari qattiq noorganik tuzlar hosil kilishi sababli neft qazib olishni murakkablashtiradi. Buning oldini olish uchun Neft suvlari tuzsizlantiriladi yoki neft suvsizlantiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil