Negativ (lot. negativus — manfiy, salbiy) — 1) oq-qora yoki rangli qismlari obʼyektning asliga qaramaqarshi boʻlgan fototasvir. N.da oq joylar qoramtir, qora joylar oqish boʻlib koʻrinadi. Rangli N.datasvirni suratga olinayotgan obʼyektning qoʻshimcha rangi bilan, Mas, yashil rang qizil bilan, zangori rang sariq va boshqa bilan beriladi; 2) teskari tasvirli foto- yoki kinoplyonka, fotoplastinka; N.ni maxsus eritmada ochiltirib, mustahkamlab, yuvib, quritib, N. tasvir hosil qilinadi. N. maxsus eritmada ishlab, pozitiv tasvir, yaʼni ochiltirilgan toʻgʻri tasvir olinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil