Negrul Aleksandr Mixaylovich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Aleksandr Mixaylovich Negrul (1900.25.12, Poltava — 1971.25.7, Moskva) — uzum genetikasi va seleksiyasi sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1938), professor (1940). RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Odessa qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1925). 1926—44 yillarda Odessa vinochilik st-yasida, Uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida (Tbilisi shahri), Butunittifoq oʻsimlikshu-noslik institutida (Sankt-Peterburg shahri) uzum seleksiyasi boʻlimi boshligʻi. 1944-yildan Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi vinochilik va subtropik ekinlar kafedrasi mudiri. N. tokning genealogik tasnifini tuzdi. Oʻrta Osiyoda xoʻraki uzumchilikni rivojlantirishga katta hissa koʻshdi, tokning 16 yangi na-vini yaratdi (M. S. Juravel bilan hamkorlikda). Bu navlar Oʻzbekistonda va qoʻshni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Goʻzal qora, VIR muskati, Joʻrauzum, Ertagi VIR, Tarnoye, Oʻzbekiston muskati, Oktabrsiy, Pobeda va boshqalar). VASXNIL uzumchilik seksiyasining raisi, Italiya uzumchilik va vinochilik akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |