Nektarxoʻrlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nektarxoʻrlar (Nektariniidae) -sayroqi chumchuqsimonlar oilasi. Uzunligi 9,5—25 sm. Tumshugʻi uzun, ingichka, koʻpincha pastga egilgan, narining patlari modasiga nisbatan chiroyli, yaltiroq. 8 urugʻi, 104—115 turi subtropik va tropik mintaqalar (Afrika, Janubiy Osiyo, Shim.-Sharqiy Avstraliya) da tarqalgan. Oʻsimlik gullagan davrda oziq qidirib koʻchib yuradi. Buta va daraxtlarda yashaydi, togʻlarda 4000 m gacha balandlikda tarqalgan. Koʻpchilik turlari chiroyli sayraydi. Uyasini daraxtlar shoxining uchiga quradi. 1—3 ta tu-xum qoʻyadi. Hasharotlar, nektar va me-valar bilan oziqlanadi. Nektarni daraxt shoxiga yoki gulga qoʻnib olib soʻradi. Kolibrlar qanot qoqib bir joyda ucha turib, nektar soʻradi. N. oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. 1 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |