Nelson Mandela xalqaro kuni, shuningdek, Mandela kuni (ingl. Nelson Mandela International Day, Mandela Day) —  Nelson Mandela[1] sharafiga nishonlanadigan xalqaro sana bo‘lib, har yili 18-iyulda Mandelaning tug‘ilgan kunida o‘tkaziladi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2009-yil noyabr oyida rasman e’lon qilingan va birinchi Mandela kuni 2010-yil 18-iyulda joriy etiladi. Lekin, boshqa guruhlar 2009-yil 18-iyulda Mandela kunini nishonlashni boshlagan edilar[2].  

Nelson Mandela xalqaro kuni
Nelson Mandela xalqaro kuni
Rasmiy nomi Nelson Mandela International Day, Mandela Day
Sana 18-iyul

2009-yil 27-aprelda 46664 va Nelson Mandela jamg‘armasi rasmiy Mandela kunini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyo hamjamiyatini ularga qo‘shilishga taklif qiladi[3]. Mandela kuni davlat bayrami emas, balki Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Nelson Mandela merosi va uning qadriyatlarini ko‘ngillilik va jamoat xizmati orqali nishonlash kuni sifatida qadrlanadi[4][5] .

Mandela kuni — bu har bir inson dunyoni o'zgartirishga qodir, ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega degan g'oyani ilgari suradigan global harakatga chaqiruvdir.

Mandela kuniga kampaniyaning murojaati:  

Nelson Mandela 67 yil mobaynida ijtimoiy adolat uchun kurashdi. Siz buni 67 daqiqadan boshlab amalga oshirishingiz mumkin
Agar shunday kunda butun dunyodagi insonlarni qashshoqlikka qarshi kurashish va tinchlik, xotirjamlik, kelishuv va madaniy turfa xillikni targ‘ib qilish uchun birlashtira olsak, g‘oyat mamnun bo‘lar edik”, deyiladi Mandela nomidan chop etilgan bayonotda.

2009-yil 18-iyulda Mandela kunining birinchi jahon miqyosida nishonlanishi, Mandela tavalludining 91 yilligi, 46664 va Nelson Mandela jamg‘armasi Radio City Music Hallda bir qator ta’lim, badiiy ko‘rgazmalar, xayriya va ko‘ngillilar tadbirlari hamda konsert takillashtiradi. 2009-yil noyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 18-iyulni “Nelson Mandela Xalqaro kuni” deb rasman e’lon qiladi[6] .

BMT Bosh Assambleyasi 2014-yilda Nelson Mandela mukofotini ta’sis etadi, bu besh yillik mukofot — o‘z hayotini beminnat insoniyat xizmatiga bag‘ishlaganlarga taqdim etiladi[7] .

Manbalar tahrir

  1. „Nelson Mandela International Day, July 18, For Freedom, Justice and Democracy“ (en). UN.org. Qaraldi: 2011-yil 11-iyul.
  2. «Resolution adopted by the General Assembly», General Assembly, United Nations, 1 December 2009.
  3. „The Nelson Mandela Foundation and 46664 call for the establishment of a global 'Mandela Day' – Nelson Mandela Foundation“ (en). www.nelsonmandela.org. Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  4. „Nelson Mandela International Day, July 18, For Freedom, Justice and Democracy“ (en). UN.org. Qaraldi: 2011-yil 11-iyul.
  5. „46664 and the Nelson Mandela Foundation Call for Establishment of Global 'Mandela...“ (en). Reuters (2009-yil 27-aprel). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-iyul.
  6. „UN gives backing to 'Mandela Day'“. BBC News (2009-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 16-noyabr.
  7. „Nelson Mandela International Day“ (en). UN.org. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.

Havolalar tahrir