Nemanya Nikolić (talaffuzi: Nemanya Nikolich) (1992-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Voyvodina“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Nemanja Nikolić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1992-yil (1992-10-19) (31 yosh)
Tavallud joyi Kraljevo, FR Yugoslaviya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vojvodina
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bubamara Kraljevo
Sloga Kraljevo
Metalac Kraljevo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Grbalj 37 (8)
2013—2016 Rostov 3 (0)
2016 Aktobe 5 (0)
2017—2018 Spartak Subotica 37 (12)
2018—2020 Partizan 29 (7)
2019Vojvodina (Ijara) 9 (3)
2020Spartak Subotica (Ijara) 18 (13)
2020—2021 Al-Raed 14 (3)
2021 Tobol 17 (8)
2021—2022 Spartak Subotica 24 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Yoshlik yillari tahrir

Kralyevoda tugʻilgan Nikolić futbolga ilk qadamlarini mahalliy Bubamara akademiyasida qoʻygan[2]. Shundan soʻng u Sloga Kralyevo yoshlar akademiyasiga oʻtgan[3]. Keyinchalik Metalac Kralyevoga koʻchib oʻtgan[4]. Oradan biroz vaqt oʻtib Nikolić Chernogoriya birinchi ligasi vakili Grbalj bilan shartnoma imzolagan va jamoa safida 2011 va 2012-yillar orasida oʻynagan.

2013-yilning 22-fevralida Nikolić klub bilan oʻn kunlik sinov muddatidan oʻtib, „Rostov“ bilan uch yillik shartnoma imzolagan[5]. U Rossiya Premyer-ligasida 2013-yilning 20-oktabr kuni „Rostov“ safida Miodrag Bojovich bosh murabbiyligidagi „Krylia Sovetov Samara“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2016-yil 5-avgustda Nikolić „Aktobe“ bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan[6]. Qozogʻiston Premyer-ligasida mavsum yakunlangach, Nikolić klubni tark etgan.

Spartak Subotica tahrir

2017-yil fevral oyida Nikolich 2 yillik shartnoma asosida Spartak Subotica qoʻshilgan[7]. Klubdagi birinchi yarim mavsumda Nikolić asosan Ognyen Mudrinski uchun zaxira oʻyinchisi sifatida foydalanilgan va 7 ta golsiz oʻyin oʻtkazgan. Serbiya Superligasining 2017/2018-yilgi mavsumi boshida Nikolić OFK Bačkaga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida gol urib, murabbiy Aleksandr Veselinovich qoʻl ostida asosiy hujumchiga aylangan[8]. Mavsumning ikkinchi oʻyinida Borac Chachakka qarshi mehmonda 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda 2 gol va 2 golli uzatmadan soʻng Nikolić haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[9]. U oʻsha mavsumning 7-turida ikkinchi marta „Voyvodina“ jamoasini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan oʻyinda, 2 gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan[10]. 2017-yil 26-noyabrda boʻlib oʻtgan oʻyinda „Partizan“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan bahsda jamosining yagona goliga mualliflik qilgan Nikolić oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[11]. Nikolić mavsum oʻrtalarida klubning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida taqdirlangan[12]. 2018-yilning may oyida Nikolić klublar sardorlari va murabbiylari tomonidan 2017/2018-yilgi Serbiya Superligasi mavsumining eng yaxshi 11 nafar futbolchisi qatoriga kirgizilgan[13].

Partizan tahrir

2018-yilning 22-mayida Nikolić „Spartak Subotica“dan 350 ming yevro evaziga „Partizan“ jamoasiga oʻtgan[14]. OAVning xabar berishicha, kelishuvga kelajakdagi transferning narxining 20 foizi ham kiritilgan[15]. U 2018-yil 28-mayda rasman jamoaga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan, oʻshanda unga 9-raqamli libos berilgan[16]. U „Partizan“ jamoasi safida 2018/2019-yilgi mavsum uchun UEFA Yevropa ligasining birinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Rudar Pljevlya“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[17].

Nikolić 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan 159-belgrad derbisida gol urgan[18].

Vojvodina ijara tahrir

2019-yil 19-avgustda Nikolić Vojvodina bilan 6 oydan keyin sotib olish imkoniyati bilan bir yillik ijara shartnomsini imzolagan[19].

Tobol tahrir

2021-yil 28-mart kuni Nikolić „Tobol“ bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan[20]. 2021-yilning 30-iyulida Nikolić bilan shartnoma oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinganidan soʻng, „Tobol“ uning klubdan ketishini eʼlon qilgan[21].

Spartak Suboticaga qaytish tahrir

2021-yil 18-sentyabrda u „Spartak Subotica“ga qaytgan[22]. U jamoa bilan 1 yillik shartnoma imzolagan.

Vojvodinaga qaytish tahrir

2022-yilning 15-iyunida Nikolić „Vojvodina“ bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[23].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Grbalj 2011—2012 Montonegro Birinchi Ligasi 21 4 0 0 21 4
2012—2013 16 4 2 1 18 5
Jami 37 8 2 1 39 9
Rostov 2012—2013 Rossiya Premyer Ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2013—2014 2 0 0 0 2 0
2014—2015 1 0 1 0 2 0
2015—2016 0 0 1 0 1 0
Jami 3 0 2 0 0 0 5 0
Aktobe 2016 Qozogʻiston Premyer Ligasi 5 0 0 0 0 0 5 0
Spartak Subotica 2016—2017[24] Serbiya Super Ligasi 7 0 7 0
2017—2018[25] 30 12 2 1 32 13
Jami 37 12 2 1 39 13
Partizan 2018—2019[26] Serbiya Super Ligasi 29 7 3 1 4 0 36 8
2019—2020 0 0 0 0 0 0 0 0
2020—2021 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 29 7 3 1 4 0 36 8
Vojvodina (Ijara) 2019—2020[27] Serbiya Super Ligasi 9 3 2 0 11 3
Spartak Subotica (Ijara) 8 6 0 0 8 6
2020—2021 10 7 0 0 10 7
Jami 18 13 0 0 18 13
Al Raed 2020—2021 Saudiya Professional Ligasi 14 3 1 0 15 3
Tobol 2021 Qozogʻiston Premyer Ligasi 17 8 1 0 1 0 0 0 19 8
Spartak Subotica 2021—2022 Serbiya Super Ligasi 24 11 0 0 24 11
Vojvodina 2022—2023 Serbiya Super Ligasi 17 3 2 1 19 4
Karyerada jami 210 68 15 4 5 0 0 0 230 72

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Rostov
  • Rossiya kubogi : 2013—2014
Partizan
  • Serbiya kubogi : 2018—2019

Manbalar tahrir

  1. Subotin. „Немања и Урош Николић нови фудбалери Војводине“ (sr-RS). ФК Војводина. Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
  2. „Nemanja Nikolić-Taki u Rostovu“ (serbcha). fkbubamara91.org. 2013-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  3. „Немања Николић: Прија ми интересовање Војводине“. Dnevnik (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-fevral 2018-yil.
  4. „Спартак одбио 400 хиљада за Николића: Пријатеље никад не остављам!“. Sportski žurnal (3-fevral 2018-yil). Qaraldi: 3-fevral 2018-yil.
  5. „Nemanja Nikolić tri godine u Rostovu“ (serbcha). Vijesti (23-fevral 2013-yil). 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  6. „ИНФОРМАЦИЯ О СТАТУСЕ ИГРОКОВ“. fc-aktobe.kz. FC Aktobe. 2016-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2016-yil.
  7. „Спартак довео играча из загребачког Динама“ (serbcha). Sportski žurnal (14-fevral 2017-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  8. „Fudbaleri Spartaka pobedom započeli novu sezonu“. subotica.info (23-iyul 2017-yil). 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  9. „Igrač kola: Nezaustavljivi Nemanja Nikolić obeležio drugo ovosezonsko kolo“. Serbian SuperLiga official website (31-iyul 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  10. „Igrač kola: Nemanja Nikolić najbolji akter u pobedi golubova u Novom Sadu“. Serbian SuperLiga official website (28-avgust 2017-yil). Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
  11. „Погледајте најзанимљивије детаље са меча Партизан – Спартак у Хумској (ВИДЕО)“. Sportski žurnal (26-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2017-yil.
  12. „Proglašeni najbolji pojedinci u FK Spartak“. subotica.info (14-dekabr 2017-yil). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2017-yil.
  13. „Super liga: Održana manifestacija Prvi tim, priznanja u rukama najboljih“ (serbcha). Serbian SuperLiga official website (14-may 2018-yil). Qaraldi: 23-may 2018-yil.
  14. „Nikolić prešao u Partizan“. FK Spartak Subotica official website (22-may 2018-yil).
  15. „ПАРТИЗАН ДОВЕО ПРВО ПОЈАЧАЊЕ: За Николића 350.000 евра!“. Večernje novosti (22-may 2018-yil).
  16. „Partizan promovisao novu "devetku": Preživeo sam fudbalski mrak za četiri godine, sada hoću duplu krunu“. mozzartsport.com (28-may 2018-yil).
  17. „LE: Partizan već u Nikšiću obezbedio prolaz u drugo kolo“ (serbcha). B92 (12-iyul 2018-yil).
  18. „Varnice na terenu, bez pobednika u 159. večitom derbiju“. www.rts.rs (14-iyul 2019-yil).
  19. „Стигао и Немања Николић“. FK Vojvodina official website (19-avgust 2019-yil).
  20. „Неманья Николич — игрок Тобола“ (ruscha). fctobol.kz/. FC Tobol (28-mart 2021-yil). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  21. „Неманья, спасибо!“ (ruscha). fctobol.kz/. FC Tobol (30-iyul 2021-yil). 2022-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2021-yil.
  22. „Nemanja Nikolić ponovo u FK Spartak“ (serbcha). Spartak Subotica (18-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2021-yil.
  23. Subotin. „Немања и Урош Николић нови фудбалери Војводине“ (sr-RS). ФК Војводина. Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
  24. „Nikolić, Nemanja 2016–17 season“ (serbcha). Serbian SuperLiga official website. Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  25. „Nikolić, Nemanja 2017–18 season“ (serbcha). Serbian SuperLiga official website. Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
  26. „Nikolić, Nemanja 2018–19 season“ (serbcha). Serbian SuperLiga official website. Qaraldi: 18-avgust 2019-yil.
  27. „Nikolić, Nemanja 2019–20 season“ (serbcha). Serbian SuperLiga official website. Qaraldi: 23-avgust 2019-yil.