Nematodozlar — odam va hayvonlarda yumaloq gijjalar — nematodalar qoʻzgʻatadigan invazion kasalliklar (gelmintozlar). Parazitlar barcha turdagi umurtqalilar organizmining koʻpgina aʼzo va toʻqimalarini (aksariyat ovqat hazm qilish aʼzolarini) shikastlaydi. Hayvonlar nobud boʻladi yoki mahsuldorligi kamayadi, bu bilan N. chorvachilikka katta ziyon keltiradi. Qulay iqlim sharoiti (harorat, namlik, oraliq xoʻjayin boʻlishi, chorva mollarini saqlash qoidalariga rioya etmaslik, shuningdek, ularni davolash va profilaktika qilish tuzuk yoʻlga qoʻyilmaganligi) N. rivojlanishiga imkon beradi. Kattalarga nisbatan bolalar koʻproq kasallanadi va ularda kasallik ogʻir kechadi. Odam, parazitning yetuk tuxumlari meʼda-ichak yoʻliga yoki lichinkalari teriga tushganda zararlanadi. N.ning quyidagi turlari farqlanadi: askaridoz, ankilostomidoz, enterobioz, trixotsefalyoz, trixinellyoz va boshqa

Boshqa gelmintozlarga oʻxshash N. ham, asosan, ozodalikka eʼtibor bermaslik oqibatida kelib chiqadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil