Nemiriv (ukraincha: Немирів, ruscha: Немирoв, polyakcha: Niemirów) — Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi tarixiy shahar boʻlib, Podoliya tarixiy hududida joylashgan. U sobiq Nemirov tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan. Aholisi: 2022-yilgi maʼlumotlarga koʻra 11,421 kishini tashkel etadi.

Nemiriv
48°58′46″N 28°50′38″E / 48.97944°N 28.84389°E / 48.97944; 28.84389
Mamlakat Ukraina
Nemiriv xaritada

Nemyriv — Ukrainaning Vinnitska viloyatidagi eng qadimiy shaharlardan biri. Unga 1390-yilda knyaz Nemir tomonidan asos solingan. Shuningdek shahar kichik sanoat markazi.

Ukraina Nemiroff (ruscha imlo) aroq vino ishlab chiqaradigan distillash kompaniyasi ham Nemyrivda joylashgan.

Shaharning sayyohlik joylariga XIX asr oxirida qurilgan saroy (Potokki uyiga tegishli) va park majmuasi kiradi.

Tarixi

tahrir

  Grand Duchy of Lithuania 1506-1569
  Polish–Lithuanian Commonwealth 1569-1672-yillar
  Ottoman Empire 1672-1699-yillar
  Polish–Lithuanian Commonwealth 1699-1793-yillar
  Russian Empire 1793-1917-yillar
  Ukraine (Ukrainian People's Republic) 1917-1920-yillar
  Soviet Ukraine 1920-1922-yillar
  Soviet Union 1922-1991
  Ukraine 1991-present

 
XIX asrda Nemirovdagi Potokki saroyi

Nemirov moʻgʻullarning Rossiya hududiga bostirib kirishi paytida vayron boʻlgan qadimgi skiflarning Myriv shaharchasi oʻrnida qayta qurilgan shahar hisoblanadi. U birinchi marta 1506-yilda oʻzining zamonaviy nomi bilan tilga olingan, bu oxir-oqibat slavyancha Niemir nomidan kelib chiqqan. Shuningdek Polshaning xususiy shaharchasi boʻlib, Zbaraski va Potocki oilalariga tegishli edi. Polsha qiroli Stanislav Avgust shahardagi Ponyatovski Potokki saroyiga tashrif buyurgan.

Taniqli odamlari

tahrir
  • Breslovlik Natan, ravvin
  • Nikolay Nekrasov, shoir
  • Marko Vovchok, yozuvchi
  • Teodosius Dobjanskiy, genetik
  • Mordexay Namir, isroillik siyosatchi
  • Ida Rodos (tugʻilgan ismi Hadassa Itzkovitz) Nemyriv va Tulchin oʻrtasidagi yahudiy qishlogʻida tugʻilgan.
  • Yosif Semashko, Uniate va pravoslav ierarxiyasi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir