Nemolchi.uz
Nemolchi.uz (ruscha: Немолчи.уз, oʻzbekcha: Sukut saqlama, inglizcha: Don't Be Silent; 2017-yilda tashkil etilgan) — Oʻzbekistonda yuz berayotgan ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlariga qarshi kurashuvchi feministik loyiha. Loyiha asoschisi va direktori — Irina Matviyenko. Nemolchi.uz nodavlat notijorat tashkiloti emas, balki matbuot nashridir. 2017-yildan beri shov-shuvlarga sabab boʻlgan bir qancha voqea-hodisalar[1] tafsilotini ochiqlab borishi ortidan xalqaro darajada mashhurllikka erishgan.
Nemolchi.uz loyihasi rasmiy logotipi | |
Loyiha maqsadi | Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik holati haqida ommani boxabar qilish |
---|---|
Loyiha turi | matbuot xizmati |
Status | faol |
Joylashuvi | Oʻzbekiston |
Asoschi(lar)i | Irina Matviyenko |
Prezidenti | Irina Matviyenko |
Vebsayti | Nemolchi.uz |
Til(lar)i | oʻzbekcha, ruscha |
Tarixi
tahrirNemolchi.uz, dastlab 2017-yilda Facebook ijtimoiy tarmogʻida oʻz faoliyatini boshlagan[2]. Loyihaning asosiy vazifasi Oʻzbekistonda ayollar huquqlari haqida odamlarning xabardorligini oshirishdan iborat[3]. Loyihaga murojaat etuvchilarning aksari ayollarni tashkil etadi[4].
Nemolchi.uz NNT sifatida roʻyxatdan oʻtmagan. Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish oson emas, bundan tashqari, NNT ishi qattiq nazorat qilinadi. Nemolchi.uz sayti matbuot xizmati sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Ushbu loyihada 10 nafar koʻngilli faoliyat yuritadi (2022-yil)[4].
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik bilan bogʻliq moddalar boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyatlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni berishini iltimos qilgan. Biroq, vazirlik bu kabi maʼlumotlarni ulashish maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan[5].
Nomlanishi
tahrirLoyiha asoschining taʼkidlashicha, Oʻzbekistondagi 2017-yilgi islohotlar koʻlami ayollar huquqlarini himoyalash jarayonlarini qamrab olmagan. 2019-yilgi islohotlar davomida esa ayollar masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan[6]. Shu sababli, uning oʻzi ayollar huquqlari himoyasi uchun harakat qilishni va ushbu loyihani tashkil etishni xohlaydi. Nemolchi.uz uning fikriga kelgan birinchi nom boʻlgan va shu nomni tanlagan[4].
Asoschisi
tahrirIrina Aleksandrovna Matviyenko[7] — oʻzbekistonlik jurnalist[8], jamoatchilik faoli, bloger, ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida hikoya qiluvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi[9]. Oʻzbekistonda sodir etilayotgan ayollarga qarshi zoʻravonliklarga qarshi harakat qiluvchi huquq himoyachisi[10]. NeMolchi.uz loyihasi ortidan bir necha oʻlim tahdirlari nishoniga aylangan[2]. Shu bois, bloger Oʻzbekistonni tark etadi[11] hamda Gruziyada yashashga qaror qiladi[12]. Ozodlik.orgga bergan intervyusida Oʻzbekistonga qachondir qaytishini taʼkidlaydi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „«Yana bilvosita ota-ona aybdormi?». Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilganiga jamoatchilik munosabatlari“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Women's Rights Activist Flees Uzbekistan Fearing For Her Life“. www.rferl.org/. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „"Жим турма" лойиҳаси жим турмайди". Ирина Матвиенко "ҳаётига таҳдид сабаб" Ўзбекистонни тарк этди“. ozodlik.org. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „IRINA MATVIENKO- GRÜNDERIN VON NEMOLCHI.UZ, JOURNALISTIN, BLOGGERIN UND AKTIVISTIN“. www.goethe.de. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
- ↑ „“Ma'lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz” — IIV“. gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
- ↑ „INSPIRATIONAL INTERVIEW: IRINA MATVIENKO, CEO, NEMOLCHI, UZBEKISTAN – PART II“. thepixelproject.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
- ↑ „О проекте“ (ru). nemolchi.uz. — „Учредитель: Матвиенко Ирина Александровна“. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ „Irina Matvienko“ (en). cabar.asia. — „Journalist in Tashkent, Uzbekistan“. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ „“Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi” ko'krak nishoni o'z sohiblariga topshirildi“. iiv.uz. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ „IRINA MATVIENKO HRD, FOUNDER NeMolchi.uz“. frontlinedefenders.org. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ „After receiving death threats, Irina Matviyenko decides to leave Uzbekistan“. qalampir.uz. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
- ↑ „Основательница проекта против насилия NeMolchi.uz Ирина Матвиенко уехала из Узбекистана из-за угрозы убийством“. podrobno.uz. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.