Neokantchilik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neokantchilik — falsafiy oqim. XIX asrning 2-yarmi —XX asr boshida, asosan Germaniyada vujudga kelgan. Kant falsafasini tiklashga, uni qayta ishlashga urinadi.
Neokantchilik vakillari Kantning "narsa oʻzida" degan tushunchasini rad etib, bilishning aprior (tajribadan xoli) ekanligini isbotlamoqchi boʻlishgan. Ular dunyoni bilish faqat aniq fanlarning vazifasi, falsafaning vazifasi esa ilmiy bilishning uslubiy va mantiqiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat deb hisoblaydi. Neokantchilar tushunchani voqelikdan ajratib qoʻyadi va uni oʻz-oʻzidan rivojlanuvchi tafakkur mahsuli deb tushuntiradi.
Neokantchilarning ijtimoiy-siyosiy qarashlari xilma-xil boʻlib, ular, asosan, islohotlar vasiyosiy yonbosishlarni targʻib qiluvchi siyosiy guruhlar mavqeini ifodalar edi. Keyinchalik Neokantchilik fiziologik (G. Gelm-gols, F.A.Lange), psixologik (L. Nelson), tanqidiy realizm (A. Ril), Marburg maktabi, Baden maktabi, fiksionalizm (X. Fayxinger), fransuz neokrititsizmi (Sh. Renuvye) kabi bir qancha yoʻnalishlarni birlashtirdi. Neokantchilik etikasi asosida borliq va uning zaruriyatini qarama-qarshi qoʻyish yotadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |