Neokeynschilik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neokeynschilik — iqtisodiyot ni tartibga solish boʻyicha nazariya, keynschiliknnng Ikkinchi jahon urushidan soʻng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari — R. Harrod, neokeynschilik Kaldor, J. Robinson, Ye. Domar, A. Xansen. Neokeynschilik 20-asrning 50-yillari boshida jahondagi iqtiso-diy inqiroz, ilmiy-texnika inqilobi, mustamlakachilikning yemirilishi taʼsirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy oʻsish surʼatlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan boʻlib qoldi. Bu sharoitlarda nazariya va iqtisodiy siyosat John Maynard Keynes gʻoyalari bilan chegaralanishi mumkin emas edi. Neokeynschilik asosiy eʼtiborni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ning miqdoriy bogʻlanishlariga qaratdi. Iqtisodiy oʻsish muammolariga davlatning eng muhim iqtisodiy siyosati sifatida qaraladigan boʻldi. Neokeynschilikga koʻra, kapitalistik (bozor) iqtisodiyot yangi sharoitda iktisodiy muvozanatni sti-xiyali tartibga solish mexanizmini yoʻqotadi va uni davlat tomonidan do-imiy va bevosita tartibga solish za-rurati yuzaga keladi. Shu sababli iqti-sodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham oʻzgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy usish nazariyasiga katta eʼtibor berildi.
neokeynschilik metodologiyasida takror ishlab chiqarish muammolariga makroiqtisodiy, xalq xoʻjaligi nuqtai nazaridan yondoshuv mavjud. Unda milliy daromad, umumiy ijtimoiy mahsulot, umumiy talab va taklif, umumiy investitsiya va boshqa kategoriyalardan foydalaniladi, ular takror ishlab chiqarish jarayonining baʼzi bir eng umumiy miqdoriy bogʻlanishlarini tahlil qilishga imkon beradi. John Maynard Keynesning takror ishlab chiqarish, shuningdek, multiplikator nazariyasi toʻldiriladi. Neokeynschilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror ishlab chiqarishning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtiso-diy jarayon deb tushuntiriladi. Neokeynschilik tarafdorlari kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning oʻziga xos formulalarini yaratdilar va uni iqtisodiy oʻsish modellari, deb atadilar. Ye. Domar va R. Harrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modelida (Harrod—Domar modeli) iqtisodiyotni moʻtadil surʼatlarda oʻsishi dinamik bar-qarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi. Dinamik barqarorlik va doimiy oʻsishga erishish avtomatik ra-vishda boʻlmasligi, balki davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki tufayli roʻy berishi mumkinligi taʼkidlanadi. Daromad oʻsishini taʼminlashda investitsiyalarning roli, ishlab chiqarish kuvvatlarining oshirilishi muhim, yaʼni iqtisodiy oʻsish bandlikka yordam beradi. Neokeynschilik taʼlimoti chuqur inqirozlar, urush va urushdan keyingi davrlar uchun samarali boʻldi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab neokeynschilik taʼlimotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi boʻyicha neoliberalizm gʻoyalari oldingi oʻringa chiqdi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |