Neokonfutsiychilik (neo... va konfutsiychilik) — Sun dinastiyasi hukmronligi davrida (10—13-asrlar) Xitoy falsafasida paydo boʻlgan oqimlardan biri. Ilk konfutsiychilikdan, asosan, uning axloqiysiyosiy gʻoyasidan farqli oʻlaroq, N.da ontologiya, naturfalsafa va kosmogoniya masalalari muayyan oʻrin egallaydi. N. vakillari yangi gʻoya va tushunchalarni, xususan, ili (burch va qonun) sin-min (tabiat va takdir) kabi tushunchalarni ishlab chikdilar. 10—11-asrda yashab, ijod etgan Sun-fu, Xu-Yuan va Shi Sze N. asoschilari hisoblanadi. N.da 6 ta asosiy konsepsiya — buyuk chegara, prinsip (li-qonun), moddiy kuch, inson tabiati, narsalar tabiatini anglash, insonpar-varlik muhim oʻrin tutadi. N. Min dinastiyasi davrida (1368—1644) yanada rivojlandi, unga oid kitoblar nashr qilindi. N. 20-asrning 30-yillaridaChen-Chju maktabi gʻoyalari Fen Yulan fal-safiy karashlarining shakllanishida asosiy manba boʻldi. N. Yaponiya, Koreya va Vyetnamda ham katta taʼsirga ega boʻlgan. N. 1949-yilda XXR barpo etilgach, barham topdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil