Nepallar (kxaslar, oʻzlarini — nepali deb atashadi) — 1) xalq, Nepalning asosiy aholisi (11,3 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). 2,1 mln. kishi Hindistonda yashaydi. Nepal tilida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi. Antropologik jixatdan mongoloid va yevropeoid irklariga boʻlinadilar. N.ning shakllanishida kxasi (gurkh) qabilalari ittifo-qiga kirgan xalqlar yetakchi rol oʻynagan. Dehqonchilik (sholi), chorvachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil