Klavdiy Sezar Nero (37.15.12 – 68) – Rim imperatori (54—68); Yuliyklavdiylar sulolasidan. Bagʻritosh, takabbur, maishatboz boʻlgan. 59 yil Oktaviyga onasini oʻldirishni, 62 yil esa xotinini oʻldirishni buyurgan. 64 yil Rimning katta qismiga oʻt qoʻygan, bunda uni qoʻli borligida shubha qilishmasligi uchun Rim xristianlarini taʼqib eta boshlagan. Keyinchalik shaharni tiklash uchun provinsiyalar aholisidan olinadigan soliqlarni keskin oshirgan. Bu N.ga karshi norozilikni kuchayishiga sabab boʻlgan. N. qatagʻon siyosati va aholi mol-mulkini musodara qilish bilan Rim jamiyatining turli qatlamlarini oʻziga qarshi qilib qoʻygan. Xalq koʻzgʻolon koʻtarishidan xavfsirab, Rimdan qochgan va oʻzini oʻzi oʻldirgan.[1]

Neron

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil