Neru Motilal
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Neru Motilal (1861.6.5, Agra -1931.6.2, Lakhnau) — Hindiston milliy ozodlik harakati arboblaridan. Nagpur, Ollohobod kollejlarida taʼlim olgan, advokat. Javoharlal Neruning otasi. Birlashgan viloyatlar qonun chiqarish kengashi aʼzosi (1909, 1915), shahar Kengashi aʼzosi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasining raisi (1919 va 1928). 1922-yil Kongressdan chiqqan, svaraji-stlar (mustaqilchilar) partiyasining asoschilaridan biri (1923) va uning rahbari. Bu partiya ingliz mustamlakachilarining hokimiyati bilan hamkorlik qilishni va ular hukmdorligida Hindistonga avtonomiya huquqini berilishini talab qilgan. 1925-yil yana HMK partiyasiga qaytib, rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1928-yil Hin-distonga dominion-ichki ishlarni oʻzi idora qilish ququqini berishni talab qilgan Konstitutsiya loyihasining muallifi (keyinchalik bu Konstitutsiya "Neru konstitutsiyasi" nomi bilan mashhur boʻldi).
Adabiyot
tahrir- Antonova K. A., Bongard-Levin G. M., Kotovskiy G. G., Istoriya Indii, 1979; Gore v A., Zimyanin V., Neru, M., 1980.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |