Nyu-Xempshire — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222ta shahar va shaharchalar bor.

Nyu-Xempshir
New Hampshire
Shtat
Nyu-Hampshire bayrogʻi Nyu-Hampshire tamgʻasi
Nyu-Hampshire bayrogʻi Nyu-Hampshire tamgʻasi

Shtat laqabi: Granit Shtati
(Granite State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Concord
Eng yirik shaharlar Manchester
Nashua
Concord
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 46-oʻrinda

24,216 km²
4.08 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 41-oʻrinda

1,309,940
53.2 kishi/km²
2
4

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 39-oʻrinda

$51,871 million
$39,926

Ittifoqqa kirish

   • Sana

9-boʻlib

21 iyun 1788

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma NH [33]
Shtat guli Purple lilac

(Syringa vulgaris)

Shtat daraxti American White Birch

(Betula papyrifera)

AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shimoli-sharqida Oq togʻlar bor. Yirikdaryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor.

Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiklik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan.

Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib urnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlab-ki 13 shtatdan biri.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil