Nyukasl — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyaning shim.-sharqiy qismida. Tayn-end-Uir metropoliten grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 283,5 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Tayn daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyidagi port. Mamlakatning savdo-moliya va sanoat markazlaridan. Kema-sozlik va kema taʼmirlash, elektrotexnika sanoati korxonalari, universitet, fan va texnika muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 12—19-asrlarda qurilgan ratusha, qasr, sobor, temir koʻprik va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil