Neyrolingvistika (lot neuron -nerv va lingua — til) — psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini oʻrganadi. N.ning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning, ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida N. soʻzlashga miyaning sistemali funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida karaydi. N.ning rivojlanishi psixolog A. R. Luriya (1902—77) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil