Neytron bomba — kichik quvvatli termoyadro zaryadi bilan taʼminlangan qurol. Ommaviy qirgʻin qurollari jumlasiga kiradi. Neytron bombada asosiy dastlabki modda deyteriy va tritiy aralashmasi hisoblanadi. Parchalanish va sintez yadro reaksiyasi (bir necha oʻn mln. °S qizish) natijasida tez neytron oqimlari vujudga keladi. Ana shu neytron oqimlari shikastlovchi taʼsir koʻrsatadi. Neytron bomba faqat odamlarni ommaviy qirish uchun moʻljallanadi, bino va inshootlarga, tanklarga ziyon yetkazmaydi. Chet ellarda (Mas, AQSH da) 20-asr 70-yillarida yaratilib, sinovdan oʻtkazilgan, amalda qoʻllanilmagan (qarang Yadro qurollari).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil