Neytronografiya (neytron va ...grafiya) — neytronlarning sochilishi asosida molekula, suyuklik va kristallarning tuzilishini oʻrganish usuli. Kristallarning atom va magnit tuzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar neytronlar difraksiyasini kuzatishdan, molekula va kristalldagi atomlarning issiqlik tebranishlari haqidagi maʼlumotlar esa neytronlarning sochilishini kuzatishdan olinadi. Neytronlar elektr zaryadsiz zarra boʻlganligi tufayli ularning moddalarda sochilishi rentgen nurlari va elektronlarga nisbatan boshqacharoq boʻladi. Magnitlanuvchi moddalar N.sini maxsus boʻlim — magnit N.si oʻrganadi. Baʼzi hollarda N. rentgenografiya va boshqa usullarga nisbatan sa-maraliroq natija beradi. Masalan, H. yoʻli bilan yengil va ogʻir elementlardan tashkil topgan kristallardagi vodorod va boshqa yengil element atomlarining oʻrnini bevosita lash mumkin. N. sohasiga oid dastlabki ishlar (1946—48) E. Fermi nomi bilan bogʻliq boʻlib, uning asosiy yoʻnalishlari amerikalik olimlar E. Uollan va K. Shall tomonidan yoritilgan (1948).

N.da asosiy vosita yadro reaktorlari devorlaridan maxsus tirqish orqali chiqarilgan issiklik neytronlari (sekin neytronlar) dastasidir. Dasta roʻparasiga tekshiriladigan nishon — modda qoʻyiladi. Nishondan sochilgan neytronlar maxsus hisoblagichlar yordamida qayd qilinadi. Yadro reaktorlari energiya spektri 0,06 eV sohasida maksimumga ega issiklik neytronlari manbai hisoblanadi. Ushbu energiyaga mos de Broyl toʻlqin uz. A. ~ 1A kondensirlangan moddalardagi atomlararo maso-falar bilan qiyoslanadi. Neytronlar bu moddadagi atomlarning oʻzaro joylashishini difraksiya yordamida tadqiq qilishga imkon beradi. Issiklik neytronlari energiyasining atomlarning issiklik tebranishlari energiyasi bilan qiyoslanishi moddaning dinamik xossalarini oʻrganishga imkon beradi. Neytronning atomlarning magnit momentlari bilan oʻzaro taʼsirlasha oladigan magnit momenti mavjudligi atomlarning kattaligini, joylashishini va magnit momentlarning oʻzaro yoʻnalishini tadqiq qilishga imkon beradi.

Sochuvchi modda (nishon) sifatida polikristall va monokristallar ishlatiladi. N. yordamida vodorodli birik-malar (xususan, osh tuzi, organik bi-rikmalar), tartib raqamlari bir-biridan keskin farq qiluvchi elementlar birikmalari (PbS, ThO2, WO2 va h. k.), tartib raqamlari bir-biriga yaqin elementlar birikmalari (GʻeSO,, Ni3Mn va h. k.), bir elementning maʼlum izotoplaridan tuzilgan birikmalar va boshqa koʻpgina murakkab birikmalarning tuzilishi oʻrganiladi. Birik-malar tuzilishini oʻrganish uchun struktura N.si mavjud. Suyuq moddalarni tahlil qilishda qam N. juda qoʻl keladi. Bunda tahlil qilinadigan modda solingan idish devorlaridan neytronlar deyarli susaymasdan oʻtadi va rentgen nurlariga nisbatan 103 — 104-marta kam yutiladi. Tajribalarning keng temperatura (1 dan 1500 K gacha) va bosim oraligida olib borilishi va boshqa omillar N. usulining boshqa usullardan afzalligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil