Ammoniy persulfat, NH4OSO2-O-O-SO2ONH4 – rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi. Sanoatda toʻyintirilgan ammoniy sulfat eritmasini elektroliz usulida anodda oksidlash yoʻli bilan olinadi. U vinil birikmalarini polimerlashda, dezinfeksiyalashda, oqartiruvchi modda sifatida, fotografiyada, organik moddalarni oksidlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil