Nicolaas Bloembergen (talaffuzi: Nikolas Blumberg) (11-mart 1920 – 5-sentyabr 2017) — amerikalik fizik. Niderlandiyada tugʻilgan. 1949-yildan AQShda. Ilmiy ishlari yadroviy magnit va elektron paramagnit rezonansga, nochizigʻiy optikaga, kvant elektronikaga oid. Radiodiapazondagi paramagnit kvant kuchaytirgichni yaratishda 3 sath usulini qoʻllashni tavsiya etdi. Nobel mukofoti laureati (1981, V. Shavlov bilan hamkorliqda).[1][2]

Nicolaas Bloembergen

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil