Nicolas Robert Christian Lombaerts (talaffuzi: Nikolas Lombaerts; 1985-yil 20-martda tugʻilgan) — belgiyalik sobiq professional futbolchi, KAA Gent klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Nicolas Lombaerts
Lombaerts Zenit bilan, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nicolas Robert Christian Lombaerts[1]
Tavallud sanasi 20-mart 1985-yil (1985-03-20) (39 yosh)
Tavallud joyi Bruges, Belgiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gent (assistent)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—2004 Club Brugge
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Gent 76 (1)
2007—2017 Zenit Saint Petersburg 196 (9)
2017—2019 KV Oostende 52 (1)
2019—2020 KV Oostende B
Milliy terma jamoa
2006—2016 Belgiya 39 (3)
Boshqargan klublari
2021— Gent (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klub tahrir

Brugge tahrir

Lombaerts Club Bruggega 1991-yilda qoʻshilgan.

Gen tahrir

Lombaertsning orzusi imkon qadar tezroq birinchi divizion jamoasida asosiy tarkibda oʻynash boʻlgani va lekin „Brugge“ bunga kafolat bera olmagani uchun Gentga oʻtdi. Tez orada 2005—2006-yilgi Belgiya Birinchi diviziyasida deyarli barcha oʻyinlarda qatnashdi. Shuningdek, Belgiya milliy futbol jamoasi safida birinchi marta maydonga tushdi. Futboldan tashqari, oʻsha paytda Ghent universitetida huquqshunoslik boʻyicha oʻqiyotgan edi. Bir necha marta Belgiya yoshlar terma jamoasiga, jumladan Belgiya milliy 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga tanlangan. 2004-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va 2007-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati uchun mamlakat tarkibiga kiritilgan.

Zenit tahrir

 
Lombaerts 2015-yil

2007-yil iyul oyida Lombaerts Rossiyaning Zenit Saint Petersburg klubiga oʻtdi. Oʻsha paytda oʻqishni tashlab, futbolchilik faoliyatini davom ettirdi. Zenit bilan 2007-yilgi Rossiya Premyer-ligasi bilan birinchi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2008-yil boshida Lombaerts tizzasidan olgan jarohati tufayli yarim yildan koʻproq vaqtga safdan chiqdi.

Oostende tahrir

2017-yil 24-mart kuni „Zenit“ bilan 10 mavsumdan so‘ng Lombaerts 2017—2018-yilgi mavsumda Belgiyaga qaytib, KV Oostende bilan shartnoma imzolashi eʼlon qilindi[2]. 2017-yilning 17-mayida „Zenit“ safidagi so‘nggi, 289-rasmiy o‘yinini Krasnodarga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[3].

Xalqaro tahrir

2006-yilning may oyida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida xalqaro maydonda debyut qildi[4]. Yevro-2008 saralashida 3 ta oʻyin oʻtkazdi.

2014-yil 26-may kuni jahon chempionati oldidan Lyuksemburgga qarshi oʻyinda Lombaerts 77-daqiqada Jan Vertonhen oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[5].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2021-yilning 28-mayida Lombaerts 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab sobiq klubi KAA Gentda yordamchi murabbiyi bo‘lishi tasdiqlandi[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

22-dekabr, 2017-yil
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Other Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Gent 2004—2005 Belgiya birinchi divizioni A 13 0 1 0 - - 14 0
2005—2006 31 1 3 0 6 0 - 40 1
2006—2007 32 0 5 0 2 0 - 39 0
Jami 76 1 9 0 8 0 0 0 93 1
Zenit St. Petersburg 2007 Rossiya Premyer-ligasi 13 2 2 0 8 0 - 23 2
2008 2 0 0 0 3 0 - 5 0
2009 15 2 1 0 2 0 - 18 2
2010 26 3 4 0 7 0 - 37 3
2011—2012 40 1 2 0 8 2 - 50 3
2012—2013 22 0 2 0 10 0 1[lower-alpha 1] 0 35 0
2013—2014 27 1 0 0 12 0 - 39 1
2014—2015 24 0 1 0 12 0 - 37 0
2015—2016 18 0 2 0 8 0 1[lower-alpha 2] 0 29 0
2016—2017 8 0 2 0 5 0 - 15 0
Jami 195 9 16 0 75 2 2 0 288 11
Oostende 2017—2018 Belgiya birinchi divizioni A 17 0 3 0 0 0 - 20 0
Jami faoliyati 288 10 28 0 83 2 2 0 401 12
  1. One appearance in the Russian Super Cup
  2. One appearance in the Russian Super Cup

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[7]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Belgiya terma jamoasi 2006-yil 1 0
2007-yil 3 0
2008-yil 0 0
2009-yil 3 0
2010-yil 5 1
2011-yil 6 1
2012-yil 2 0
2013-yil 4 0
2014-yil 7 1
2015-yil 6 0
2016-yil 2 0
Jami 39 3

Yutuqlari tahrir

Zenit St. Petersburg

Manbalar tahrir

  1. „Lombaerts Nicolas Robert Christian“. Russian Premier League. 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. „LOMBAERTS VOORGESTELD IN DURBUY“ (nl). K.V. Oostende (2017-yil 24-mart). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  3. „Николас Ломбертс провел последний матч за «Зенит» на «Петровском»“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (2017-yil 17-may).
  4. Lombaerts deal uefa.com
  5. „Adnan Januzaj's Belgium debut wiped from record books“. BBC Sport (2014-yil 4-iyun). Qaraldi: 2014-yil 4-iyun.
  6. AA Gent verrast: Nicolas Lombaerts keert terug bij Buffaloʻs als assistent van Hein Vanhaezebrouck, hln.be, 28 May 2021
  7. Nicolas Lombaerts at National-Football-Teams.com