Nicole Beharie

amerikalik aktrisa

Nicole Beharie (1985-yil 3-yanvarda tug'ilgan) — amerikalik aktrisa. U “American Violet” (2008) dramasi, “Shame” (2011) psixologik dramasi, 42 (2013) biografik sport dramtik filmi va “Miss Juneteenth” (2020) kabi filmlarda ijro etgan bosh rollari bilan tanilgan. 2013-yildan 2016-yilgacha u Fox telekanalida uzatilgan "Sleepy Hollow" g'ayritabiiy dramatik serialida rol o'ynagan.

Nicole Beharie
Tavalludi 3-yanvar 1985-yil (1985-01-03) (39 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Xonanda
Faoliyat yillari 2008–hozirgi

Yoshligi tahrir

Beharie Florida shtatining West Palm Beach shahrida tug'ilgan[1]. Beharie kichkinaligida otasi Qo'shma Shtatlar Tashqi ishlar xizmatida faoliyat olib borgan. Shuning uchun, qizaloq Buyuk Britaniya, Yamayka, Nigeriya va Panamada shaharlarida o'sib ulg'aygan[2]. U Janubiy Carolina shtatining Orangeburg shahridagi Orangeburg Wilkinson o'rta maktabi, Janubiy Karolina gubernatorining san'at va gumanitar fanlar maktabi[3] hamda Grinvildagi davlat internat maktabida tahsil olgan. Ushbu internat ta'lim dargohini 2003-yilda tamomlagan. Keyinchalik, Beharie Qo'shma Shtatlardagi eng nufuzli sahna san'ati konservatoriyalaridan biri bo'lgan Juilliard maktabiga qabul qilinadi (Drama bo'limi 36-guruh : 2003-07-yillar)[4]. Aktrisa Shakespeare stipendiyasi bilan taqdirlangan va Angliyada malaka oshirgan[5].

Faoliyati tahrir

Beharie 2008-yilda "American Violet"[6] filmida o'zining badiiy filmlardagi debyutini amalga oshiradi. Aktrisa ushbu film davomida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, o'sha yili u Amerikaning "The Express: The Ernie Davis Story" sport filmida aktyor Rob Brown bilan birgalikda Sarah Ward rolini o'ynaydi. Beharie Lifetime kanalida uzatilgan filmi "Sins of the Mother" (2010)da[7] onasi Nona (Jill Scott) bilan buzilgan munosabatlarini tiklash uchun sayohatga chiqqan kurashayotgan universitet talabasi Shay Hunter obrazini tasvirlaydi.

2011-yilda Beharie "My Last Day Without You" romantik dramasida nemis aktyori Ken Dukenga qarshi qo'shiqchi sifatida beshta original qo'shiqni ijro etadi. Russell Leigh Sharman o'zining "Apartment 4E" spektakli uchun moslashtirilgan filmida aktrisa Bahirie o'z kvartirasidan hech qachon chiqmaydigan muammoli yosh ayol Piper rolini gavdalantiradi[8][9]. Beharie Steve McQueenning "Shame" filmida Marianna rolini o'ynaydi[10]. The Boston Globedan Wesley Morris uning ijrosini yuqori baholab, uni "tabiiy shaffoflik mo'jizasi", deya ataydi[11].

2020-yilda u "Miss Juneteenth" filmida rol o'ynaydi. Aktrisa ushbu kartinada tanlovning sobiq g'olibi o'smir qizini o'zining sobiq tojini egallashga tayyorlayotgani haqidagi obrazni gavdalantriadi[12].

Shaxsiy hayoti tahrir

2015-yilda Beharie Allure jurnalining may soni uchun yalang'och suratga tushadi[13].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2008 American Violet Dee Roberts
2008 The Express: The Ernie Davis Story Sarah Ward
2011 My Last Day Without You Leticia Johnson
2011 Shame Marianne
2012 Apartment 4E Piper
2012 The Last Fall Faith Davis
2012 The Mirror Between Us Zora Qisqa metrajli film
2012 Woman Thou Art Loosed: On the 7th Day Beth Hutchins
2013 42 Rachel Robinson
2018 Monsters and Men Michelle
2019 Jacob's Ladder Samantha Singer
2020 Miss Juneteenth Turquoise Jones
2022 892 Estel Valerie
2022 Honk for Jesus. Save Your Soul Shakura Sumpter

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009 Three Rivers Helen Reed Epizod: "Win-loss"
2010 Sins of the Mother Shay Televizion film
2011 The Good Wife Imani Stonehouse 2ta epizod
2012 Law & Order: Special Victims Unit Tracy Harrison Epizod: "Child's Welfare"
2013–2016 Sleepy Hollow Abbie Mills / Witness Bosh rol (50ta epizod)
2015 Bones Abbie Mills Epizod: "The Resurrection in the Remains"
2017 AfroPop: The Ultimate Cultural Exchange Host 5ta epizod
2019 Black Mirror Theo Epizod: "Striking Vipers"

Nikki Beharie nomi ostida
2020 Little Fires Everywhere Madeline Ryan Epizod: "The Uncanny"

2020 Monsterland Annie Epizod: "New Orleans, LA"
2021 Solos Nera Antologian serial[14]
2021 Scenes from a Marriage Kate

Teatr sahnalarida tahrir

Yil Sarlavha Rol Sahna
2010–11 A Free Man of Color Margery Jolicoeur Vivian Beaumont Theatre (Broadway)

Soundtracklari tahrir

Yil Albom Qo'shiqlar
2013 My Last Day Without You "Two Hands", "Catch Me", "Morning Light", "Scars", "My Last Day Without You"

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Yil Tashkilot Kategoriya Nomzod film Natija
2009 African-American Film Critics Best Actress[15] American Violet Gʻolib
2010 Black Reel Awards Best Actress Nominatsiya
Best Breakthrough Performance Nominatsiya
Best Ensemble Nominatsiya
2012 Best Song My Last Day Without You Nominatsiya
2014 NAACP Image Awards Outstanding Actress in a Drama Series Sleepy Hollow Nominatsiya
2015 Outstanding Actress in a Drama Series Nominatsiya
Fangoria Chainsaw Awards Favorite Actress on Television[16] Nominatsiya
2021 Gotham Independent Film Awards Best Actress Miss Juneteenth Gʻolib
Independent Spirit Awards Best Female Lead Nominatsiya

Manbalar tahrir

  1. „Nicole Beharie Biography - Nicole Beharie Bio“. Celebs101.com (3-yanvar 1985-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  2. Mark Guiducci. „Here's to You, Mrs. Robinson: Ten Questions for 42′s Nicole Beharie“. VOGUE Magazine (12-aprel 2013-yil). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  3. „Three drama alums on Broadway“. South Carolina Governor's School for the Arts & Humanities (1-noyabr 2010-yil). 7-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Alumni News“. The Juilliard School (2010-yil mart). 11-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2012-yil.
  5. Osenlund, Kurt R. „On the Rise: Nicole Beharie“. Slant Magazine (12-aprel 2013-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2013-yil.
  6. „Celebrities | News“. BET (22-fevral 2011-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  7. „Sins of the Mother“. mylifetime.com. 3-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2014-yil.
  8. „Small Of Her Back“. Small Of Her Back. 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  9. „Small of Her Back : Post-Production by Russell Sharman – Kickstarter“. Kickstarter.com (18-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  10. „20 Questions: Theater & Film Ingenue Nicole Beharie - Entertainment Newswire | Black Voices“. Bvnewswire.com (14-dekabr 2010-yil). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  11. Morris. „Down and dirty: Fassbender's performance as a sex addict is spellbinding, though 'Shame' is not“. The Boston Globe. Qaraldi: 16-fevral 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
  12. Kelley. „Nicole Beharie was called 'problematic' and blacklisted. 'Miss Juneteenth' brings redemption“. Los Angeles Times (19-iyun 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.
  13. The Naked Truth: Celebrities Go Nude for Allure Allure. Archived on April 15, 2015.
  14. Lezmi. „'Solos,' Amazon's New Anthology Series, Debuts New Images with Anne Hathaway, Anthony Mackie, and More“. Collider (19-aprel 2021-yil). Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  15. „On the Rise: Nicole Beharie“. slant magazine (12-aprel 2013-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2014-yil.
  16. „The 2015 Fangoria Chainsaw Awards Winners and Full Results!“. fangoria.com. 2017-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.

Havolalar tahrir