Niderlandiya inqilobi (1566—1609) — Niderlandiya tarixiy viloyatida sodir boʻlgan inqilob. Kalvinizm bayrogʻi ostida oʻtgan va ispanlar hukmronligini batamom tugatish va feodallarning zoʻravonligiga qarshi qaratilgan. Konservativ ruxdagi byurgerlar oppozitsiyadagi dvoryanlar (Vilgelm Oranskiy rahbarligida) bilan ittifoq tuzib ispanlar asoratiga qarshi chiqqanlar. Asosiy voqealar: 1566-yildagi Ikonalarga qarshi qoʻzgʻo-lon, 1572-yil shim. viloyatlarda koʻtarilgan ommaviy qoʻzgʻolon, 1576-yil jan. vi-loyatlardagi qoʻzgʻolon, Utrext uniyasi (ittifoqi) ni barpo etilishi (1579). Shimoliy viloyatlarni ispanlar hukmronligidan ozod boʻlishi (hozirgi Niderlandiya davlati hududi) va Birlashgan viloyatlar respublikasi barpo etilishi bilan yakunlangan (jan. viloyatlarni 1585-yilga kelib Ispaniya kayta bosib olgan).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil