Niderlandiya qirollik fanlar akademiyasi

Niderlandiya qirollik fanlar akademiyasi, Niderlandiya fan va sanʼat qirollik akademiyasi — Niderlandiyaning oliy ilmiy muassasasi. 1808-yil Amsterdam shahrida fan, adabiyot va sanʼat qirollik instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1938-yildan hozirgi nomda. Mat. va tabiiy fanlar qamda filol., adabiyot, tarix va falsafa boʻlimlari mavjud. 180 dan ortiq haqiqiy va 50 xorijiy aʼzosi bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil