Nigerkordofan tillari (kon-gokordofan tillari) — afrika tillari makrooilasi. Amerika tilshunosi J. Grinberg tasnifiga kura, 2 oilaga boʻlinadi: niger-kongo tillari va kordofan tillari. Niger-kongo tillari Gʻarbiy va Janubiy Afrikaning katta qismida, kordofan tillari esa Sudanning sharqidagi va Kordofan togʻli oʻlkasidagi kichkina hududda tarqalgan. Ushbu til oilalarining genetik birligi bir qancha lugʻaviy oʻxshashlik va morfologik mosliklar asosidagina isbotlangan boʻlsada, aslida ular lu-gʻaviy, morfologik, sintaktik jihatlardan farqlanib turadi. Niger-kongo tillari oʻz navbatida 6 ta kichik oilaga boʻlinsa, kordofan tillari 5 guruhga boʻlinadi va 30 dan ortiq tilni oʻz ichiga oladi (kordofan tillari juda kam oʻrganilgan). N.-k. t.da soʻzlashuvchilar taxminan 350 mln. kishidan ortiqroqdir. Bu tillarning koʻpchiligi yozuvga ega emas. Bir kanchasi Yevropa mustamla-kasigacha moslashtirilgan arab yozuvlaridan foydalanib kelgan. Baʼzilari esa (akan, volof va boshqalar) lotin alifbosiga qoʻshimcha harf va belgilar qoʻshgan holda oʻz yozuvlariga ega boʻlganlar.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil