Nijniy tagil
(Nijniy Tagildan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nijniy tagil - Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1917-yildan). Oʻrta Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Tagil daryosi (Ob havzasi) boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 399,6 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (metallurgiya kombinati va boshqalar), mashinasozlik, vagonsozlik, shuningdek, kimyo va koks-kimyo sanoatlari („Uralximplast“ ishlab chiqarish birlashmasi) rivojlangan, harbiy texnika ishlab chiqariladi. Mis rudasi qazib olinadi. Pedagogika instituti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat va boshqa muzeylar bor. N.T.ga 1722-yilda asos solingan. Oʻsha yerda konchilik rivojla-nishi bilan vujudga kelgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |