Nikita Yermolayev
Nikita Vladilenovich Ermolayev (1991-yil 11-iyul, Leningrad, RSFSR, SSSR) — Rossiya vakili sifatida Goda Butkute bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarda qatnashgan litvalik sobiq figurali uchuvchi. Juftlik 2013—2015-yillarda boʻlib oʻtgan Litva chemponatining 3 karra goʻlibi boʻlgan.
Nikita Yermolayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Nikita Ermolayev |
Davlat | Litva |
Oldin vakil boʻlgan | Rossiya |
Boʻyi | 175 |
Sherigi | Goda Butkute |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 149.84 |
Qisqa dastur | 54.06 |
Erkin dastur | 104.50 |
2017-yil yanvar holatiga koʻra Butkute va Ermolaev juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 26-oʻrinni egallagan[1].
Faoliyati
tahrirRossiya vakili sifatida
tahrirDastlab Nikita yakkalik konkida uchish musobqalarida qatnashgan. 2010-yil bahoridan keyin Nikita Lipetsk figurali uchuvchisi Daria Beklemishcheva bilan sport juftligi hosil qilgan. Ular oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladigan turnirlarda qatnasha boshladilar, ammo kutilgan natija koʻrsatmadilar. Ermolaev oʻzining yangi sherigi Goda Butuke bilan mash qila boshlagan.
Litva vakili sifatida
tahrir2015-yil sentyabr oyida juftlik birinchi marta Italiyada boʻlib oʻtgan Lombardiya kubogida xalqaro maydonda chiqish qilishdi. Musobaqada ular ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Bundan tashqari, juftlik turli turnirlarda, shu jumladan Challenger seriyasida chiqish qilishdi va kuchli uchlik qatoridan joy olishdi[2].
Juftlik Slovakiyada boʻlib oʻtgan Nepela Memorialida raqobatlashdi va u yerda kuchli beshlikdan joy oldi. Noyabr oyi boshida litvalik juftlik Moskvadagi Gran-pri bosqichida debyut qildi va unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va oxirgi oʻrinni egalladi[3]. Noyabr oyi oxirida litvaliklar Tallin Trophy musobaqasida qatnashishdi va u yerda uchinchi oʻrinni egallab, qisqa dasturda oʻz koʻrsatkichlarini yaxshiladi[4]. 2017-yil yanvar oyi boshida juftlik Nestle Nesquik kubogi musobaqasida Torunda ishtirok etib, qisqa dasturda ikkinchi oʻrinni olganiga qaramay yakunda uchinchi oʻrinni egalladi. Yanvar oyi oxirida Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida litvalik konkida uchuvchilar juda muvaffaqiyatsiz chiqish qilishdi va oxirgi oʻrinni egallashdi. Mart oyining oxirida juftlik Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, yaxshi natija koʻrsatmadi va finalga yoʻllanma olish imkoniyatini qoʻldan boy berdi.
Natijalari
tahrirLitva uchun
tahrir(G. Butkut bilan)
Musobaqalar/mavsum | 2012
— 2013 |
2014
— 2015 |
2015
— 2016 |
2016
— 2017 |
---|---|---|---|---|
Jahon chempionatlari | 17 | 22 | ||
Yevropa chempionati | 11 | 18 | ||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 8 | |||
Mordoviya naqshlari | 3 | |||
Tallin kubogi | 4 | 3 | ||
Warsaw Cup | 3 | |||
Lombardia kubogi | 2 | 5 | ||
Nepela xotirasi | 5 | |||
Nestle Nesquik kubogi | 2 | 3 | ||
Litva chempionati | 1 | 1 | 1 |
Rossiya uchun
tahrir(D. Beklemishcheva bilan)
Mavsum/musobaqalar | 2011 — 2012 |
---|---|
Rossiya chempionati (oʻsmirlar) | 10 |
Manbalar
tahrir- ↑ „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (5 января 2017). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
- ↑ „Dailiojo čiuožimo varžybose Rusijoje G. Butkutės ir N. Jermolajevo duetas užėmė trečią vietą.“. 22-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2016-yil.
- ↑ „Rostelecom Cup. Пары: Савченко и Массо победили, Забияко и Энберт — вторые, Астахова и Рогонов — третьи.“. 7-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Tallinn Trophy. Пары: Устимкина и Володин выиграли, Ефимова и Коровин — вторые.“. 23-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2016-yil.