Niko Mikkola (talaffuzi: Niko Mikola) (1996-yil 27-aprelda tugʻilgan) — finlandiyalik professional xokkeychi. Niko Mikkola himoyachi sifatida oʻynaydi. Niko Mikkola hozirda Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „St Louis Blues“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Niko Mikkola
Mikkola 2017-yilda
Tugʻilgan joyi 27-aprel 1996-yil (1996-04-27) (28 yosh)
Kiiminki, Finlandiya
Boʻyi 6 ft 5 in (196 cm)
Ogʻirligi 198 lb (90 kg; 14 st 2 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
St. Louis Blues
KalPa
Tappara
Milliy jamoa  Finlandiya
NHLga kirish drafti 127-oʻrindagi tanlov, 2015
St. Louis Blues
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Niko Mikkola Liigadagi debyutini 2014—2015-yilgi Liiga mavsumida „KalPa“ xokkey jamoasi safida oʻtkazdi[1]. 2017-yilning 29-mayida „St. Louis“ xokkey klubi Niko Mikkola bilan o‘zining boshlang‘ich darajadagi shartnomasini imzolashga bo‘lgan qiziqishiga qaramay, Niko Mikkola o‘zining professional faoliyatini Liigada davom ettirishni maʼqul ko‘rdi va Finlandiyaning „Tappara“ xokkey jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[2].

NHL ambitsiyalarini saqlab qolgan holda, Niko Mikkola 2017—2018-yilgi mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun „St, Louis Blues“ xokkey klubining 2017-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashdi. Niko Mikkola 2017-yil 25-sentyabrda „St. Louis Blues“ xokey klubi bilan mavsumoldi ikki bahsda qatnashganidan so‘ng, „Tappara“ xokkey klubi safiga qaytarildi[3]. „Tappara“ xokkey klubi bilan oʻzining yagona mavsumida Niko Mikkola 50 ta muntazam mavsum oʻyinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Hamda Niko Mikkola oʻz hisobiga 11 ochko qoʻshib qoʻydi. Shuningdek, Niko Mikkola mavsumda klubga kumush medalni qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2018-yilning 1-iyunida Niko Mikkola „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga rozi boʻldi[4].

2019—2020-yilgi mavsumda, 2020-yil 7-yanvarda, Niko Mikkola NHLdagi debyut oʻyinini „St. Louis Blues“ xokkey klubi safida „San Jose Sharks“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi.

2021—2022-yillarda „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan ikkinchi toʻliq mavsumidan soʻng, Niko Mikkola erkin agent sifatida oʻzining klub bilan shartnomasini (2022-yil 17-iyulda bir yillik 1,9 million dollarlik) uzaytirdi[5].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2014—2015 KalPa Jr. A 37 9 14 23 80
2014—2015 KalPa Liiga 10 0 1 1 4
2014—2015 Hokki Mestis 5 1 0 1 8 7 0 1 1 2
2015—2016 KalPa Liiga 55 3 6 9 22 3 0 1 1 4
2015—2016 KalPa Jr. A 8 0 1 1 10
2016—2017 KalPa Liiga 56 4 11 15 89 10 1 2 3 4
2017—2018 Tappara Liiga 50 2 9 11 54 16 0 1 1 10
2018—2019 San Antonio Rampage AHL 70 2 7 9 41
2019—2020 San Antonio Rampage AHL 48 2 12 14 24
2019—2020 St. Louis Blues NHL 5 0 1 1 0
2020—2021 St. Louis Blues NHL 30 1 2 3 11 4 0 1 1 2
2021—2022 St. Louis Blues NHL 54 3 10 13 55 12 0 1 1 8
Liiga jami 171 9 27 36 169 29 1 4 5 18
NHL jami 89 4 13 17 66 16 0 2 2 10

Manbalar tahrir

  1. „Niko Mikkola player profile“ (Finnish). jatkoaika.com (2015-yil 5-aprel). Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  2. „Blues prospect Niko Mikkola signs two-year deal with Finnish club“. archauthority.com (2017-yil 3-iyun). Qaraldi: 2017-yil 4-iyun.
  3. „Mikkola assigned to Finnish Elite league club“. National Hockey League (2017-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
  4. „Blues sign Mikkola to entry-level deal“. St. Louis Blues (2018-yil 1-iyun). Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  5. „Niko Mikkola signs one-year extension“. St. Louis Blues (2022-yil 17-iyul). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.