Marselo Nikolas Lodeiro Benites (ispancha: Marcelo Nicolás Lodeiro Benítez; 1989-yil 21-mart, Paysandu) – urugvaylik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Hozirda Amerikaning Sietl Saunders klubi va Urugvay milliy futbol terma jamoasi futbolchisi.

Nicolás Lodeiro
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcelo Nicolás Lodeiro Benítez
Tavallud sanasi 21-mart, 1989-yil
Tavallud joyi Paysandú, Urugvay
Boʻyi 170
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sietl Saunders FC
Raqami 10

Futbolchilik faoliyati tahrir

 
Lodeiro „Ayaks“ klubi safida

Lodeiro dastlab „Barrio Obrero“ klubida futbol oʻynay boshlagan. Uning 2003-yilda Nacional yoshlar jamoasiga kelishiga skaut Daniel Lopes yordam bergan. U yoshlar terma jamoalarida oʻtkazgan toʻrt-yil davomida 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. 2007-yildan keyin u ushbu jamoaning asosiy tarkibida oʻynay boshlagan. 2007-yilning 19-avgustida boʻlib oʻtgan „Feniks“ klubi bilan oʻyinda Lodeiro oliy divizionda debyut qiladi. Nacional tarkibida 2008-yilgi Liguilla gʻolibi va 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay chempionligini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, 2008/09-yilgi mavsumda uning klubi Libertadores kubogi yarim finaliga ham chiqadi. 2010-yilning yanvarida Lodeyro 4 million yevro evaziga „Ayaks“ga transfer qilinadi[1]. 2010-yilning 7-fevralida u „Ayaks“ safida "Tvente"ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushish orqali debyut qiladi.

Lodeiro 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay U20 terma jamoasida oʻynagan, 11 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 2009-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etadi, ushbu musobaqada uning jamoasi 3-oʻrinni egallaydi va u 3 ta gol uradi. Oʻsha yili U20 jahon chempionati saralashida Urugvay terma jamoasi 1/8 finalda magʻlub boʻladi. Ushbu turnirda u 2 gol uradi va jamoa sardori sifatida qatnashadi. Lodeiro 2009-yilning noyabr oyidan beri Urugvay kattalar futbol terma jamoasida oʻynamoqda va oʻsha yilning noyabr oyida Kosta-Rika terma jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi[1]. Kosta-Rikaga qarshi bahs JCh-2010 saralashi doirasidagi pley-off oʻyinlaridan biri boʻlib, ikkita uchrashuvning yakuniga koʻra Urugvay JChga yoʻllanma oladi.

Urugvayning JCh-2010 dagi Fransiyaga qarshi kechgan mundialdagi birinchi oʻyinida Lodeiro 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi, ammo 81-daqiqadayoq u ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatiladi va ushbu turnirda chetlatilgan birinchi futbolchiga aylandi. Qolaversa, urugvaylik futbolchi birinchi ogohlantirishini maydonga tushganidan 2 daqiqa oʻtib oladi[1][2]. Shundan soʻng Lodeiro 1/8 finalda Janubiy Koreyaga qarshi, 1/4 finalda Ganaga qarshi kechgan bahslarda maydonda harakatlanadi. Oʻsha oʻyinda Lodeiro oʻng oyogʻining suyagi sinishi natijasida jiddiy jarohat oladi va uzoq vaqtga safdan chiqadi[3].

2011-yilning 21-yanvarida „Ayaks“ bosh murabbiyi Frank de Bur Lodeiro keyingi bir oy ichida mashgʻulotlarga qaytishiga umid bildiradi[4]. Lodeyro 2011-yilgi Amerika Kubogida tiklanishga muvaffaq boʻldi va uning gʻolibiga aylandi, lekin u asosiy tarkib oʻyinchisi emas edi va faqat zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. 2011/12-yilgi mavsumda Lodeiro asta-sekin jarohatidan toʻliq forigʻ boʻldi va 2011-yilning noyabr oyidan muntazam ravishda „Ayaks“ safiga qoʻshila boshladi. 2012-yilning fevraliga kelib, Nikolay allaqachon Amsterdam klubining asosiy jamoasi oʻyinchisiga aylangan edi – u „Ayaks“ uchun 13 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 
Lodeyro Urugvay terma jamoasi safida

Biroq 2012-yilning yozida u faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qiladi va „Botafogo“ bilan 2016-yilgacha shartnoma imzoladi[5]. 2014-yil boshida CSKA futbolchiga qiziqish bildira boshladi, biroq Botafogo taklif qilingan 10 million yevroni rad etdi[6]. 2015-yilning 5-fevralida Lodeiro „Boka Xuniors“ futbolchisi sifatida taqdim etiladi. Yangi klubida u 10-raqamni oladi[7].

2016-yilning 27-iyulida Lodeiro MLSning Sietl Saunders klubiga kelib qoʻshiladi[8][9][10]. U Shimoliy Amerika ligasidagi debyutini 31-iyul kuni Los-Anjeles Gelaksiga[11] qarshi oʻyinda oʻtkazadi. U „Sietl Saunders“ safidagi ilk golini 14-avgust kuni „Real Solt Leyk“ ga qarshi oʻyinda kiritadi[12]. Lodeiro 2016-yilgi mavsumini toʻrtta gol va sakkizta golli uzatma[13] bilan yakunlaydi. Futbolchi Saundersga Gʻarbiy konferensiyada toʻrtinchi oʻringa koʻtarilishga yordam beradi, shu tufayli u MLSda yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topiladi. 10-dekabr kuni MLS kubogi 2016 oʻyinida Sietl asosiy va qoʻshimcha vaqtlarda golsiz durangdan soʻng Torontoni penaltilar seriyasida magʻlub etadi[14].

U 2019-yilgi MLS yulduzlar oʻyini uchun tanlangan qatorida boʻlgan, unda liga yulduzlari Atletiko Madrid[15] bilan toʻqnash kelishadi.

2019-yilning yozida Nikolas Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilinadi. Guruhdagi birinchi oʻyinda Ekvadorga qarshi kechgan bahsda u 6-daqiqada gol uradi va jamoasi 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba keltiradi.

2020-yilgi mavsumda u 10 ta golga assistentlik qiladi va golli uzatmalar boʻyicha liga peshqadamlaridan biriga aylanadi va buning uchun u MLS ramziy jamoasiga kiritiladi[16].

Jamoaviy yutuqlari tahrir

Nacional FC

  • Urugvay chempioni (1): 2008/09
  • Liguilla gʻolibi (1): 2008

Ayaks FC

  • Gollandiya chempioni (2): 2010/11, 2011/12
  • Gollandiya kubogi sohibi (1): 2009/10

Urugvay terma jamoasi

  • Amerika kubogi gʻolibi (1): 2011

  Boka Xunior

  • Argentina chempioni (1): 2015
  • Argentina kubogi gʻolibi (1): 2014/15

  Sietl Saunders

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Urugvayda-yilning eng yaxshi futbolchisi (1): 2009
  • Janubiy Amerika jamoasi aʼzosi (1): 2009
  • MLSning yangi oʻyinchisi: 2016
  • KONKAKAF Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi aʼzosi (2): 2018 [17], 2022 [18]
  • MLS All-Star (1): 2019
  • MLS yulduzlar jamoasi aʼzosi (1): 2020

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „18 минут славы“. 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
  2. „Первое удаление на мундиале в ЮАР заработал уругваец Лодейро“. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-iyun.
  3. „Лодейро не поможет сборной Уругвая из-за перелома ноги“. 2010-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyul.
  4. Jeroen Geuijen. „Lodeiro nog een aantal weken uit de roulatie“ (nl). ajaxinside.nl (2011-yil 21-yanvar). 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar.
  5. „Полузащитник «Аякса» Лодейро перешел в «Ботафого»“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  6. „ЦСКА намерен приобрести хавбека сборной Уругвая Лодейро“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
  7. „Лодейро подписал контракт с «Бока Хуниорс»“. Sports.ru (2015-yil 5-fevral). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  8. „Seattle Sounders sign Uruguayan international Nicolás Lodeiro to multi-year Designated Player deal“ (en). Seattle Sounders FC (2016-yil 27-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  9. Sam Stejskal. „Seattle Sounders sign Uruguay midfielder Nicolas Lodeiro from Boca Juniors“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 27-iyul). 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  10. Matt Pentz. „Sounders sign Uruguayan attacking midfielder Nicolas Lodeiro to Designated Player contract“ (en). Seattle Times (2016-yil 27-iyul). 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  11. Franco Panizo. „Seattle Sounders 1, LA Galaxy 1 | 2016 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 31-iyul). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  12. Peter Brownell. „Seattle Sounders 2, Real Salt Lake 1 | 2016 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 14-avgust). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  13. Steve Brisendine. „Sounders midfielder Nicolas Lodeiro named 2016 MLS Newcomer of the Year“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 21-noyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  14. „Seattle Sounders win first MLS Cup in franchise history in dramatic penalty kick shootout over Toronto FC“ (en). Seattle Sounders FC (2016-yil 10-dekabr). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  15. „Nicolás Lodeiro Named to 2019 MLS All-Star Game Roster“ (en). Seattle Sounders FC (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  16. „2020 MLS Best XI“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 20-noyabr). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  17. „2018 SCCL - Best XI“ (en). Scotiabank CONCACAF Champions League (2018-yil 26-aprel). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  18. „Lodeiro, Dinenno headline 2022 SCCL Best XI“ (en). concacaf.com. КОНКАКАФ (2022-yil 6-may). 2022-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.