Nikolay Ivanovich Belov ( 22.5.1912, Rossiya imperiyasi, Samarqand viloyati, Romanovka qishlogʻi — 1982.11.02, Moskva, SSSR) — raketalarni boshqarish tizimi sohasidagi sovet olimi, SSSR Artilleriya fanlari akademiyasi aʼzosi (19.12.1949), ikki marta Stalin mukofoti laureati (1943, 1946), RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1975), texnika fanlari doktori (1946), professor (1950).

Nikolay Ivanovich Belov
Tavalludi 22-may 1912-yil
Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi
Vafoti 11-fevral 1982-yil(1982-02-11)
(69 yoshda)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi muhandis
Taʼlimi Moskva energetika instituti
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Nikolay Belov 1930-yil may oyida Moskva energetika institutining radio fakulteti talabasi bo'lgan. 1930-yil iyun-noyabr oylarida Germaniyadagi Telefunken zavodida ishchi bo'lib ishladi. 1931-yil yanvar oyida Moskvaga qaytib, o'qishni davom ettirdi. 1934-yil dekabrdan SSSR Mudofaa Xalq Komissarligi Maxsus Texnik Byurosining texnik xodimi. 1937-yil noyabrdan laboratoriya mudirining o'rinbosari, 1938-yil maydan Moskvadagi 20-sonli ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasining katta muhandisi boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, 1936—1941-yillarda Moskva energetika instituti aspiranturasida sirtdan o‘qigan. 1941-yil oktyabrdan Barnauldagi institut laboratoriyasining katta muhandisi. 1943-yil iyuldan katta ilmiy xodim, 1945-yil dekabrdan Moskvadagi elektrotexnika sanoat xalq komissarligining 20-sonli ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri boʻldi. 1945-yil iyun-oktyabr oylarida Germaniyada nemis reaktiv texnikasini o'rganish uchun yuborildi. 20-sonli ilmiy-tadqiqot institutida ishlaganida u ikki marta Stalin mukofoti bilan taqdirlangan. Havo hujumida mudofaa zenit artilleriyasining maqsadli o'q otishini ta'minlash uchun SON-2 o'q-yo'riqchi stansiyasini yaratish ishlarida qatnashgan.

1946-yil may oyida u M.S.Ryazanskiy bilan birgalikda NII-885ning (hozirgi "Rossiya kosmik asboblar muhandisligi ilmiy-tadqiqot instituti" Federal davlat unitar korxonasi) radioaloqa bo'limiga ko'chib o'tdi. 1946-yil iyun oyidan Aloqa sanoati vazirligining 885-sonli ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan[1].

1953-yil iyun oyidan Radiotexnika sanoati vazirligining 648-sonli ilmiy-tadqiqot institutid ilmaiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va bosh konstruktor lavozimida ishlagan.

Nikolay Belov Moskvada, Novodevichy qabristonida, o'zining katta singlisi, fuqarolar urushi qatnashchisi, Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan birinchi ayollardan biri E.I.Belovaning yoniga dafn etilgan (45-qator, joy 36)[2].

Manbalar

tahrir
  1. Академия артиллерийских наук Министерства вооруженных сил СССР. 1946-1953 гг.: краткая история. Документы и материалы, 2010. 
  2. „сайт «Космический мемориал»“. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.

Adabiyotlar

tahrir
  • Академия артиллерийских наук Министерства вооруженных сил СССР. 1946-1953 гг.: краткая история. Документы и материалы. 
  • РГАСПИ. Ф. 17. Оп. 100. Д. 329310 (личное дело); учётная карточка члена КПСС № 06112899 (образца 1973 г.);
  • Архив РАН. Ф. 524. Оп. 9. Д. 45. Л. 1-28 (личное дело).